• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya dronlarga qarshi kurashda modernizatsiya qilingan Ikkinchi jahon urushi samolyotlaridan foydalanmoqda

    Ukrainadan so‘ng Rossiya ham  dronlarni urib tushirishda Ikkinchi jahon urushi samolyotlaridan foydalanmoqda. Rus muhandislari “Yak-52”  o‘quv samolyotini “Yak-52B2” darajasida modernizatsiyadan o‘tkazib, uchuvchisiz uchish qurilmalariga qarshi “ad-hoc” jangovar samolyotiga aylantirdi.

    Yak-52B2 samolyoti
    “Yak-52B2” samolyoti
    Foto: Tarmoqdan

    Rus manbalarining yozishcha, bu bilan konstruktorlik byurolaridan biri shug‘ullangan bo‘lib, Afg‘on urushi davrida ishlab chiqilgan “Yak-52B” “yengil hujumchi” samolyotlari tajribasiga murojaat qilingan.

    “Yak-52B2” modeli  modernizatsiya natijasida “dronlarga qarshi qiruvchi” tavsifini oldi. Shuningdek qanotlari ostiga 90 kg dan yuk ortish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ruslar bundan  havo nishonlarini uzoq masofadan aniqlash va kuzatish imkonini beruvchi sensor minorasi hamda 12 kalibrli ov miltig‘i o‘rnatishda foydalangan. 

    Nishonlarni aniqlash va kuzatishga mo‘ljallangan sensor minorasi
    Foto: Tarmoqdan

    Mazkur loyiha uchun  “Yak-52” bejiz tanlab olingani yo‘q. Mahalliy manbalarga ko‘ra, samolyotning texnik xususiyatlari bu vazifa uchun Cessna-172 va “Yak-18T” kabi havo bortlaridan ko‘ra munosibroqdir. Qolaversa, Rossiyada mazkur turdagi samolyotlarning yirik parki mavjud.  

    Kuzatuvchilar “Yak-52B2” qanotlari ostiga ov miltig‘i o‘rnatilganiga diqqat qaratdi. Garchand bu turdagi qurollar frontning har ikki tomonida ham qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, faqat 50 metr masofada talafot yetkazadi. Biroq u an’anaviy patronlar o‘rniga droblar (mayda zarrachalar) sochgani bois plastik korpusga ega dronlarga qarshi samaralidir. Qolaversa, Rossiya qonunchiligi bundan jiddiyroq quroldan foydalanishga ruxsat bermagan. Misol uchun “PKMT” pulemyotini qo‘llash g‘oyasi yerdagi insonlarga zarar yetkazish xavfi mavjudligi bois rad etilgan. 

    Yak-52B2 qanoti ostida ov miltig‘i bilan
    “Yak-52B2” qanoti ostida ov miltig‘i bilan
    Foto: Tarmoqdan

    E’tiborlisi, past balandlik va tezlikda uchuvchi dronlarga qarshi “Yak-52” samolyotlarini qo‘llash g‘oyasi ukrainaliklarga tegishli. Biroq ular bundan primitiv usulda foydalangan edi. Ya’ni bir uchuvchi samolyotni boshqargan, ikkinchisi esa nishonga qo‘lda zarba bergan. Bu samolyot fonari ochiq holatda amalga oshirilgan. Rus konstruktorlik byurosi jarayonni avtomatlashtirdi.  

    Ukrainaliklar Yak-52 samolyoti bilan rus dronini urib tushirishga harakat qilmoqda
    Ukrainaliklar “Yak-52” samolyoti bilan rus dronini urib tushirishga harakat qilmoqda
    Foto: Tarmoqdan

    Qayd etilishicha, “Yak-52B2” nafaqat uzoq masofali uchuvchisiz uchish qurilmalari, balki  Aeroprakt A-22 kabi gibrid dron-samolyotlarni ham urib tushirishga mo‘ljallangan. 

    22 may, 12:10   Izoh (0)   3594
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Rossiya#Ukraina#dronlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari Hindistonda uchrashadi

    Dunyo | 2 iyun, 13:53

    Messi va Ronaldu bir jamoada o‘ynashi mumkin

    Sport | 2 iyun, 13:35

    Qo‘rqinchli tushlar inson sog‘lig‘i haqida nimalarni aytib bera oladi?

    Layfstayl | 2 iyun, 13:34

    Rossiya 20 yil qidiruvda bo‘lgan qozog‘istonlikni ekstraditsiya qildi

    Dunyo | 2 iyun, 13:04

    Lego va Nike hamkorlikda kiyim-kechak va yangi konstruktor ishlab chiqaradi

    Qo‘ziqorin | 2 iyun, 12:57

    O‘zbekistonda yozning ilk haftasi qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 12:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.