AQSHning sobiq yetakchisi Donald Tramp Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyaning AQSHga dushman bo‘lmasligi shartini aytdi.
Tramp agar Oq uyning boshida “aqlli prezident” bo‘lsa, Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya AQSHga dushman bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Bizning tashqi dushmanlarimiz bor — Xitoy, Rossiya, Shimoliy Koreya. Ammo, aslida, agar sizda aqlli prezident bo‘lsa, ular dushman bo‘lmaydi. Agar sizda aqlli prezident bo‘lsa, ular sizga dushman bo‘lmaydi va siz shunchaki til topishib ketasiz, — dedi Tramp Virjiniyadagi mitingda.
Siyosatchi uning maʼmuriyati davrida Qo‘shma Shtatlar boshqa mamlakatlar hurmatiga sazovor bo‘lganiga va “hech qanday muammoga duch kelmaganiga” ishonch bildirgan. Trampning taʼkidlashicha, Qo‘shma Shtatlarning eng ashaddiy dushmanlari mamlakat tashqarisida emas, balki mamlakat ichidadir.
Izoh (0)