• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isroil va Turkiya Suriyada to‘qnashuvdan qochish uchun ishonch telefoni tashkil qildi

    Turkiya va Isroil Suriyada kuchayib borayotgan tanglik sabab 7/24 tartibda ishlaydigan telefon liniyasi tashkil qildi. Ikki davlat bu orqali har qanday harbiy mojaroning oldini olishni maqsad qilgan. Avvalroq tomonlar Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bevosita muzokaralar boshlagan edi. 

    Bashar Asad hokimiyati qulagandan so‘ng qurolli muxolifatni uzoq yillardan buyon qo‘llab-quvvatlab kelgan Turkiya muhim o‘yinchiga aylandi. Isroil hukumati esa o‘z chegaralari oldida yuzaga kelgan yangi voqelikdan xavotir bildirib, turk harbiy kuchlarining Suriyaga joylashtirilishiga qarshi chiqdi.

    Binyamin Netanyaxu va unga yaqin xavfsizlik manbalari Ahmad ash-Shar’a boshchiligidagi Suriya hukumatini bir necha bor “radikal jihodchilar” deb atadi. Shuningdek, Isroil Turkiyaning Palmira yaqinidagi harbiy aerodromlarni o‘zlashtirish g‘oyasiga, hatto kuch bilan bo‘lsa-da, yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi. 

    Bir-biriga yog‘dirilgan tanqidlar va keskin ritorikaga qaramay, tomonlar aprel oyidan Boku shahrida muzokaralar boshladi. Shuningdek, qurolli to‘qnashuvlarning oldini olish uchun mexanizm ishlab chiqishga kelishib olindi.

    Turk harbiylari Suriyada
    Turk harbiylari Suriyada
    Foto: Daily Sabah

    Turkiya rasmiylari, jumladan prezident Erdo‘g‘on Suriya masalasiga bir necha bor to‘xtalib, “mamlakatni parchalash va suverenitetini buzishga qaratilgan urinishlarga toqat qilinmasligi”ni ta’kidladi. Biroq Isroil Suriyaning harbiy infratuzilmasi, qurol-yarog‘ omborlariga zarbalarini to‘xtatmadi. Bu esa tomonlar o‘rtasida to‘qnashuv xavfini keskin oshirib yubordi. 

    “Palmira chizig‘i”

    Muzokaralardan xabardor manbaning Middle East Eye nashriga aytishicha, Isroil hukumati turk quruqlik kuchlari, jumladan tanklar va piyoda qo‘shinlarining Suriyaga joylashtirilishiga jiddiy e’tiroz bildirayotgani yo‘q. Tel-Avivni ko‘proq havo mudofaa tizimlari va radarlar tashvishga solmoqda. Chunki ular Isroil havo kuchlari faoliyat doirasini cheklashi mumkin.

    Uchrashuvlar ijobiy davom etmoqda, muhokamalar “Palmira chizig‘i” deb ataluvchi yo‘nalishga qaratilgan. U yerda joylashgan bazalar “kulrang zona” sanaladi; Isroil tomoni Turkiyaning shu chiziqdan shimolga qo‘shin joylashtirishiga rozi bo‘lishi mumkin”, deydi nashr manbasi.

    O‘tgan oy Anqara Palmira yaqinidagi T4 havo bazasini o‘zlashtirib, hujumkor dronlar va boshqa aktivlarini joylashtirmoqchi bo‘ldi. Turklar buni ISHID terrorchilik guruhiga qarshi kurashda Suriya, Iroq, Livan va Iordaniyani kabi davlatlarni o‘z ichiga olgan mintaqaviy koalitsiyani qo‘llab-quvvatlash istagi bilan izohladi. Shu kabi xabarlar fonida Isroil havo kuchlari mazkur bazani bir necha bor nishonga olib, infratuzilmani izdan chiqardi. 

    Palmira yaqinidagi T-4 bazasi Isroil hujumlaridan so‘ng
    Foto: AFP

    Mana shu voqealar fonida turklar bazani himoya qilish va havo hujumlarining oldini olish maqsadida Rossiyadan sotib olingan S-400 havo mudofaa tizimini joylashtirishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu esa Tel-Avivni yanada sergak torttirdi. Boisi Suriya osmonining yopilishi Isroilning Eronga zarba berish imkoniyatlarini cheklaydi. 

    Biroq muzokaralar Anqara va Tel-Aviv bilan cheklanib qolgani yo‘q. MEE nashrining o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, Boku Isroil va Suriya muzokaralari uchun ham mezbonlik qilyapti.

    22 may, 21:10   Izoh (0)   3508
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Suriya#Isroil#Turkiya#T-4 bazasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Messi va Ronaldu bir jamoada o‘ynashi mumkin

    Sport | 2 iyun, 13:35

    Qo‘rqinchli tushlar inson sog‘lig‘i haqida nimalarni aytib bera oladi?

    Layfstayl | 2 iyun, 13:34

    Rossiya 20 yil qidiruvda bo‘lgan qozog‘istonlikni ekstraditsiya qildi

    Dunyo | 2 iyun, 13:04

    Lego va Nike hamkorlikda kiyim-kechak va yangi konstruktor ishlab chiqaradi

    Qo‘ziqorin | 2 iyun, 12:57

    O‘zbekistonda yozning ilk haftasi qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 12:53

    O‘zbekistonda sintetik metan ishlab chiqaruvchi birinchi qurilmalar ishga tushirildi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.