Erondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovida islohotchilar qanotidan nomzod Masud Pezeshkian yetakchilik qilmoqda.
Jami 3 million 889 ming 248 ta ovoz sanab chiqildi. Masud Pezeshkian 1 million 595 ming 345 ta ovoz to‘plagan, — deyiladi xabarda.
69 yoshli Pezeshkian ovoz berishdan keyin jurnalistlarga mamlakat Isroildan tashqari barcha davlatlar bilan do‘stona aloqalarga ega bo‘lishiga umid bildirgan.
Qolgan nomzodlar, xususan, Said Jaliliy 1,594 ming, Bag‘ir G‘olibaf 544 ming, Mostafa Pourmuhammadi 25 ming ovoz olgan.
Eron prezidenti mamlakatdagi oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiydan keyin ikkinchi eng qudratli siyosatchi hisoblanadi. Prezidentning vazifalariga konstitutsiya qoidalarini amalga oshirish va ijro etuvchi hokimiyatga rahbarlik qilish kiradi. Eron tashqi siyosatining umumiy yo‘nalishi yangi prezidentga bog‘liq bo‘ladi.
Yangi saylovlargacha 50 kunlik prezidentlik vazifalarini Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Moxber bajarmoqda.
Izoh (0)