Daryo

Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkaziladigan sana e’lon qilindi

Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish 28-may kuni boshlanadi

1 daqiqa o‘qish14 424 ko‘rishlar0 izoh0

Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 28-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Eron Islom Respublikasi saylov shtabining matbuot kotibi Mohsin Eslamiy ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Eron prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish 28-may kuni boshlanadi.

Foto: Google Images

“Konstitutsiya qo‘riqchilari kengashiga 28-maydan nomzodlarni ro‘yxatga olishni boshlash taklif qilindi”, — dedi Mohsin Eslamiy.

19-may kuni Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot Eron-Ozarbayjon chegarasi yaqinidagi Verzegan shahri yaqinida “qattiq qo‘nish”ni amalga oshirdi. Oqibatda prezident vertolyotining barcha yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari halok bo‘ldi.

Eron konstitutsiyasiga ko‘ra, 50 kun ichida tashkil etilishi kerak bo‘lgan saylovlar o‘tkazilgunga qadar prezident vazifasini birinchi vitse-prezident bajaradi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar