• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilishni kamaytiradi

    Buyuk Britaniya hukumati migratsiya siyosatini kuchaytirishni nazarda tutuvchi “Oq kitob” loyihasini e’lon qildi. Bosh vazir Kir Starmer migratsiya muammosini hal qilishning yangicha yondashuvi “chegarada nazorat”ni tiklashini aytdi.

    Doimiy yashash uchun ruxsatnoma olish talablari kuchaytiriladi. Britaniyaga boradiganlar ingliz tilini bilishi shart bo‘ladi
    Foto: Getty Images

    Britaniya hukumati saytida e’lon qilingan “Immigratsiya tizimi ustidan nazoratni tiklash” deb nomlangan reja 82 sahifadan iborat. Yangi chora-tadbirlar migratsiya oqimini sezilarli darajada kamaytirish, chegara nazoratini kuchaytirish va milliy mehnat bozorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

    Asosiy yangiliklardan biri doimiy yashash uchun ruxsatnoma (ILR) olish talablarni kuchaytirish bo‘ladi. Endi buning uchun Buyuk Britaniyada avvalgidek besh yil emas, 10 yil yashash kerak bo‘ladi. Istisnolar faqat Britaniya iqtisodiyoti yoki jamiyatiga katta hissa qo‘shganlar uchun ko‘zda tutilgan.

    Buyuk Britaniyaga yashash uchun kelgan xorijliklar ingliz tilini bilishning bazaviy darajasini tasdiqlashlari shart. Rasmiylarga ko‘ra, bu muhojirlarning Britaniya jamiyatiga yaxshiroq integratsiyalashuviga yordam beradi, shuningdek, ularning muvaffaqiyatli ishga joylashish imkoniyatlarini oshiradi.

    Islohot deportatsiya tizimiga ham ta’sir qiladi. Ichki ishlar vazirligiga nafaqat real muddatga hukm qilinganlar, balki jinoyati uchun sudlangan barcha chet el fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushadi.

    Starmer avvalgi hukumatlarni immigratsiyaning “nazoratdan chiqib ketishiga” yo‘l qo‘yganlikda va amalda Buyuk Britaniya chegaralarini ochganlikda aybladi. Siyosatchi 2019-yildan 2023-yilgacha muhojirlar soni 4 baravar ko‘payib, deyarli 1 million kishiga yetgani, bu Birmingem aholisiga to‘g‘ri kelishini aytdi.

    Starmer migratsiya Buyuk Britaniya milliy tarixining bir qismi ekanini tan oldi va chet ellik ishchilarning qirollik iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasini kamsitmasligini aytdi.

    Lekin odamlar yurtimizga kelar ekan, ular ham integratsiyaga intilishi, tilimizni o‘rganishi kerak. Menimcha, bu adolatdan, dedi u

    2020-yilda Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan uzil-kesil chiqib ketganidan so‘ng, chegaralarni nazorat qilish va muhojirlar oqimini cheklash London uchun ustuvor vazifaga aylandi. 2024-yil avgust oyida Starmer boshchiligidagi hukumat 6 oy ichida noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilishni 2018-yildan beri eng yuqori darajaga ko‘tarishga va’da berdi.

    Mamlakatning bu yo‘nalishdagi markaziy muammolaridan biri La-Manshni qayiqlarda kesib o‘tadigan noqonuniy muhojirlardir. Ularning soni so‘nggi yillarda muttasil oshib bormoqda. Oksford universiteti migratsiya observatoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda La-Manshni 46 ming kishi shu tarzda kesib o‘tgan. O‘sha yilning iyun oyidan boshlab Buyuk Britaniya Ruandaga noqonuniy muhojirlarni jo‘nata boshlagandi.

    13 may, 12:53   Izoh (0)   1483
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Buyuk Britaniya#migratsiya siyosati#migrantlar#viza

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston aeroportiga yo‘lovchi 47 ta zaharli ilon olib keldi (foto)

    Dunyo | 3 iyun, 12:55

    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta

    Reklama | 3 iyun, 12:45

    Yaponiyaliklar 45 soatda uy qurishni o‘rganib oldi (video)

    Arxitektura | 3 iyun, 12:45

    Pep Gvardiola: “Mavsum og‘ir bo‘ldi, lekin biz muhim vazifani bajardik”

    Sport | 3 iyun, 12:40

    Bill Geyts boyligining katta qismini Afrikaga beradi

    Dunyo | 3 iyun, 12:39

    Ukraina Rossiyadan deportatsiya qilingan 500 dan ortiq bolani qaytarishni talab qildi

    Dunyo | 3 iyun, 12:19

    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

    Reklama | 3 iyun, 10:30

    Jaziramada terlamaslikka yordam beradigan layfhaklar

    Layfstayl | 3 iyun, 12:07

    O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, ish haqi va stipendiyalar 1-avgustdan oshiriladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 12:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.