Futbol olamidagi eng yoshi katta futbolchi jamoasini almashtirdi.
Yaponiyaning “Atletiko Sudzuka” jamoasi 57 yoshli Kadzuyoshi Miurani “Yokogama”dan ijaraga olganini e’lon qildi. Klub Yaponiyaning to‘rtinchi divizionida harakat qiladi.
Xavbek 2023/24-yilgi mavsum “Oliveyrense” safida ijarada o‘ynadi va Portugaliya ikkinchi ligasida bitta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.
2024/25-yilgi mavsum Miura uchun futbolchilik faoliyatidagi 39-mavsum bo‘ladi.
Miura faoliyati davomida “Santos”, “Palmeyras”, “Koritiba”, “Vissel Kobe”, “Yokogama”, “Sidney” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Izoh (0)