Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Misrning Orascom Investment Holding kompaniyasi raisi Najib Savirisni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/05/03/m1-KDxXn7aC.jpg)
Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish hamda avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.
![](/static/2024/05/03/m2-mY0NY2Jy.jpg)
O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida, shu jumladan tog‘-kon sanoati, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, turizm, qurilish, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa sohalardagi loyihalarni amalga oshirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi.
![](/static/2024/05/03/m3-f0SCGFQf.jpg)
Najib Saviris yurtimiz iqtisodiyotiga Misr investitsiyalarini ko‘paytirish uchun barcha sa’y-harakatlarni ishga solishga tayyorligini bildirdi.
![](/static/2024/05/03/m4-dXxVcMf-.jpg)