Xorazm viloyati Urganch tumanida ota xorijga chiqish uchun 5 yillik aliment pullarini oldindan to‘ladi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, byuroning Urganch tumani bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 2021-yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor D.H.dan undiruvchi foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatiga asosan qarzdorning chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan edi.
Shu sababli chetga chiqish istagida yurgan qarzdor ota farzandi ta’minoti uchun besh yillik 97 million so‘m aliment pullarini oldindan to‘ladi hamda qarzdorga nisbatan qo‘llangan barcha cheklov choralari bekor qilindi.
Izoh (0)