Skandinaviya davlatlari harbiy hamkorlikni mustahkamlab, birgalikdagi mudofaa uchun resurslarni birlashtirishmoqda. Bu bilan kelajakdagi Rossiya bilan ehtimoliy mojaroga tayyorlanishyapti. Bu haqda Amerika nashrlari Shimoliy mamlakatlar vakillari va Daniya razvedkasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ekspertlarning fikricha, Shvetsiya, Finlyandiya, Daniya va Norvegiya o‘rtasidagi muvofiqlashuvning hozirgi darajasi mintaqaning zamonaviy tarixida misli ko‘rilmagan hodisadir.
To‘rtta shimoliy mamlakat (Shvetsiya, Finlyandiya, Daniya, Norvegiya) Rossiyaga tajovuzkorona munosabatda bo‘lib, o‘z imkoniyatlaridan tashqari zarba berish uchun resurslarni birlashtirmoqda... Skandinaviyaliklarning Rossiyaga kelajakdagi jiddiy tahdid sifatida qarashlari bu mamlakatlarni har qachongidan ham yaqinlashtirdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.
Nashrning ta’kidlashicha, yaqin 3-5 yil ichida ushbu mamlakatlarning Rossiya bilan harbiy mojaroga kirishi ehtimoli juda yuqori. Gazeta, shuningdek, bir necha hafta ichida 280 ming askarni safarbar qila oladigan Finlyandiya armiyasining yuqori darajadagi tayyorgarligiga e’tibor qaratib o'tdi. Ayon bo'lishicha, mamlakat zaxiradagilarining umumiy soni taxminan 900 ming kishini tashkil etadi.
Finlyandiya va Shvetsiyada muddatli harbiy xizmat mavjud bo‘lib, bu mamlakatlarga qurolli kuchlar sonini tezda ko‘paytirish imkonini beradi. Finlyandiya xalqaro munosabatlar instituti katta ilmiy xodimi Matti Pesuning so‘zlariga ko‘ra, birlashgan Skandinaviya bloki Yevropaning boshqa mintaqalari uchun namuna va NATOning ehtimoliy zaiflashuvidan o‘ziga xos sug‘urta bo‘lishi mumkin.
Germaniya rasmiylari Rossiyadan qo‘rquv fonida milliy qurolli kuchlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rayotganligi aytilgan edi. Myunxen Bundesver universiteti professori Karlo Masalloning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Germaniya armiyasida 182 mingga yaqin kishi bor, bu talab qilinadigan 460 ming harbiy xizmatchidan ancha kam. Ushbu nomutanosiblikka javoban Germaniya hukumati Shvetsiyaning “umumiy mudofaa” konsepsiyasini namuna sifatida olib, harbiy kadrlar tizimini isloh qilish niyatida ekanligini e’lon qildi.
Izoh (0)