Hayotingizni yorqin ranglar bilan boyiting – Uzbekistan Airways bilan Madridga sayohat qiling. Aviachiptalarni tarif narxidan 10% gacha chegirma bilan xarid qilishga shoshiling.
Madrid – sevib qolmaslik qiyin bo‘lgan shahar. Bir paytlar u korridasi va hashamatli saroylari bilan mashhur bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda san’at ixlosmandlari, futbol muxlislari va shopping ishqibozlarini o‘ziga jalb qilmoqda. Ispaniya poytaxti bir qarashda maftunkor: Plaza Mayor maydonida eski shahar muhitini his qilish, Retiro bog‘ida esa shahar shovqinidan dam olish va qayiqda sayr qilish mumkin. Rassomchilikka qiziqmasangiz ham, Prado muzeyiga albatta tashrif buyurishingiz kerak.
Gastronomiya – alohida bob: deyarli barcha restoran va barlarda tortiladigan tapas, ispan gazaklarini tatib ko‘ring. Bundan tashqari, paella, ayniqsa dengiz mahsulotlari bilan, va hammasini sangriya bilan ichishni unutmang – yozda ayniqsa tetiklashtiradi. San-Migel bozorining o‘zi tarixiy joy. U bir asrdan ko‘proq vaqt oldin oddiy bozor sifatida ochilgan bo‘lsa-da, 15 yildan ortiq vaqt davomida Madridning gastronomik madaniyati markazi bo‘lib qolmoqda.
Joriy yilning bahorida Uzbekistan Airways Toshkent va Ispaniya poytaxti o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshladi. Madridga parvozlar dushanba kunlari Toshkentdan Urganchga oraliq qo‘nish bilan amalga oshiriladi.
- Toshkentdan jo‘nab ketish soat 09:35, Toshkent vaqti bilan
- Madridga yetib borish soat 17:05, Madrid vaqti bilan;
- Madriddan jo‘nab ketish soat 18:35, Madrid vaqti bilan;
- Toshkentga yetib kelish ertasi kuni soat 04:40, Toshkent vaqti bilan.
Aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan maxsus aksiya mavjud: 2025-yil 20-oktyabrgacha Toshkent/Urganchdan Madridga va ortga qaytuvchi parvozlar uchun tariflar narxining 10% gacha chegirma amal qiladi. Bir tomonga aviachiptalar narxi 4 428 000 so‘mdan, borish va qaytish esa 7 975 000 so‘mdan boshlanadi.
Ispaniyaga sayohat qilish orzusi faqat orzu bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymang! Aviachiptalarni booking.uzairways.com sayti, Uzbekistan Airways ilovasi, Uzbekistan Airways Sales filiali va aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)