Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Baxtiyor Jahongirovich Islomovni Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida Oliy Majlis Senatiga taqdimnoma kiritildi.
Baxtiyor Islomov 2022-yil avgustda Oliy Majlis Senatining o‘ttizinchi yalpi majlisida Oliy sud raisi etib saylangan edi.
Oliy sud raisi lavozimiga qadar Baxtiyor Islomov Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida sudyalik qilgan, 2020-yil noyabrigacha jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi bo‘lgan.
U 2020-yil noyabrida prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenovning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Oradan bir yil o‘tib, Rustam Inoyatov o‘rniga prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagandi.
Islomovdan oldin O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimida Kozimjon Komilov ishlab kelayotgan edi. U salomatligi tufayli o‘z xohishi bilan egallab turgan lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgandi.








