• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ozarbayjon samolyotini urishga buyruq bergan rus generali lavozimi oshdi — OAV

    Ozarbayjonning AZAL aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyotini nishonga olish buyrug‘i Rossiyaning 51-havo mudofaa diviziyasi komandiri, general-mayor Aleksandr Tolopilo tomonidan berilgan. Bu haqda rossiyalik podpolkovnikning ko‘rsatmasiga tayanib Minval nashri xabar berdi.

    Foto:
    Foto: Minval

    Ichki tergov davomida diviziyaning navbatchi zobiti, podpolkovnik Nikolay Orlyanskiy shunday bayonot bergan. U Tolopilodan buyruq olganidan so‘ng, kapitan Paladichukka “aniqlanmagan havo nishonini yo‘q qilish” haqida ko‘rsatma bergan. Biroq keyinchalik bu nishon fuqarolik samolyoti ekani aniqlangan.

    Minval tahririyatiga yuborilgan anonim maktubga ko‘ra, 2024-yil dekabrida kapitan Paladichuk boshchiligidagi jangovar ekipaj Tolopiloning operativ boshqaruvi ostida bo‘lgan. General-mayor Tolopilo voqeaga bevosita aloqador bo‘lishiga qaramay, jinoiy javobgarlikdan qutulgani aytilmoqda.

    U aybni Rossiya Havo harakatini tashkil etish yagona tizimining Rostov markazi xodimlariga yuklagan va ataylab yolg‘on ko‘rsatma bergan, deyiladi xatda.

    Tolopilo “Pansir-S” havo mudofaa tizimidan uchirilgan raketalar o‘z-o‘zini yo‘q qilganini va samolyotga zarar yetmaganini da’vo qilgan. Biroq bu bayonotlar Rossiya Tergov qo‘mitasining 505-harbiy tergov bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan ichki surishtiruvda rad etilgan.

    Havo mudofaa tizimi bo‘linmasi texnik va tashkiliy jihatdan yaroqsiz holatda bo‘lgan. Shu sababli ekipaj fuqarolik samolyotini o‘z vaqtida aniqlay olmagan, deydi Minval nashri.

    Shunga qaramay, general Tolopilo nafaqat jazodan ozod etilgan, balki lavozimi oshgan. U Rossiya Sharqiy harbiy okrugi havo mudofaa kuchlarining 11-gvardiyachi armiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari etib tayinlangan.

    Minval nashri uning suratini ham e’lon qilgan. Suratda u hali polkovnik unvonida tasvirlangan. General-mayor unvoni unga 2022-yil 17-fevralda, prezident Vladimir Putinning 64-sonli farmoni bilan berilgan.

    O‘zi nima bo‘lgandi?

    2024-yil 25-dekabr kuni Oqtov aeroportidan uch kilometr uzoqlikda Ozarbayjonning Azerbaijan Airlines (AZAL) aviakompaniyasining Embraer samolyoti ishtirokida fojiali aviahalokat yuz berdi. Boku—Grozniy reysini amalga oshirayotgan samolyot favqulodda qo‘nishga urinish chog‘ida halokatga uchradi. Bortda 62 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

    38 kishi halok bo‘lgan, yana 29 kishi jarohatlangan. Prezident Ilhom Aliyevning ta’kidlashicha, layner radioelektron kurash vositalari yordamida boshqarilmaydigan holatga keltirilgan va keyin Rossiya hududidan hujumga uchragan. Uchuvchilar Rossiyaning eng yaqin aeroportlaridan biriga favqulodda qo‘nishni so‘ragan. Biroq ularga hamma joyda rad javobi berilgan, shundan so‘ng samolyot Kaspiy dengizini kesib o‘tib, Oqtov shahriga qulagan.

    На месте крушения самолета AZAL близ Актау появился мемориал - Oxu.az

    Aliyev halokat uchun javobgarlikni Rossiyaga yuklab aybdorlarni jazolashni talab qilgan. U, shuningdek, Moskvaning samolyotning havo hujumidan mudofaa tizimidan o‘qqa tutilishi faktini qushlar bilan to‘qnashuv va bortdagi gaz balloni portlashi haqidagi “bema’ni taxminlar yordamida yashirish”ga urinishlaridan g‘azablangan.

    Halokatni tergov qilishda ICAO (Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti) konvensiyasiga muvofiq Qozog‘iston boshchilik qilmoqda. Ishda Ozarbayjon, Rossiya mutaxassislari, xalqaro ekspertlar va Embraer vakillari ishtirok etmoqda. Qora qutilar olib qo‘yilib, xalqaro ekspertlar ishtirokida rasshifrovka qilinmoqda.

    23 iyul, 12:13   Izoh (0)   5888
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ozarbayjon#AZAL

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18

    Buyuk Britaniya G‘azoga gumanitar yordam yuboradi

    Dunyo | 27 iyul, 14:40

    “An-Nassr” Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyul, 14:00

    Oliy ta’limni bitirganlar nega og‘ir ahvolda qolmoqda? O‘zi diplom kerakmi?

    O‘zbekiston | 27 iyul, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.