Daryo

Mali mudofaa vaziri terakt natijasida halok bo‘ldi

Terakt 25-aprel kuni kechqurun, Kamara o‘z qarorgohida bo‘lgan vaqtda Kati harbiy bazasida sodir etilgan.

1 daqiqa o‘qish7 298 ko‘rishlar0 izoh4

Malida mudofaa vaziri Sadio Kamaraning qarorgohini minalangan yuk mashinasi yordamida portlatib yuborildi. Bu haqda Jeune Afrique jurnali xabar bermoqda.

Terakt 25-aprel kuni kechqurun, Kamara o‘z qarorgohida bo‘lgan vaqtda Kati harbiy bazasida sodir etilgan. Portlashni “Al-Qoida” tarmog‘iga kiruvchi “Jamoat Nusrat al-Islom val-Muslimin” (JNIM) guruhining a’zosi amalga oshirgan.

Hujum chog‘ida general oila a’zolaridan biri ham og‘ir yaralanib, halok bo‘lgan. Avvalroq Mali hukumati amaldorning tirik qolganini ma’lum qilgan, biroq keyinroq uning vafoti haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan.

25-aprel kuni Mali poytaxti Bamako va boshqa bir qancha tumanlarda harbiylar va JNIM jangarilari o‘rtasida janglar boshlandi. Guruh “Al-Qoida” bilan aloqador. JNIM bir nechta, jumladan, Mali prezidentining qarorgohi, Mudofaa vazirligi shtab-kvartirasi va Bamako xalqaro aeroportiga qilingan hujumlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan. Bamako shahri va uning atrofida komendantlik soati joriy etilgan.

Ayni paytda qurolli kuchlar va jangarilar o‘rtasida janglar davom etmoqda. Mali Bosh shtabi ta’kidlashicha, mamlakatda hujumlarni sodir etgan shaxslarni zararsizlantirish uchun barcha kuchlar safarbar etilgan.

Mali hozirda general Assimi Goita boshchiligidagi harbiy xunta tomonidan boshqarilmoqda. U 2020-yilgi davlat to‘ntarishidan so‘ng xavfsizlikni tiklash va qurolli guruhlarni siqib chiqarishni va’da qilib, hokimiyatni qo‘lga olgan.

Goita dastlab G‘arb davlatlari bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni rad etib, xavfsizlik masalasida rossiyalik yollanma jangchilarga tayanib keldi. So‘nggi paytlarda Mali AQSH bilan aloqalarni yaqinlashtirishga harakat qilmoqda.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar