Daryo

Britaniya mudofaa vaziri Kir Starmer bilan nizo ortidan iste’foga chiqdi

Jon Hili bosh vazirning mudofaa sohasidagi rejalari mamlakat xavfsizligini ta’minlay olmasligini aytib, tanqid qildi.

2 daqiqa o‘qish5 421 ko‘rishlar0 izoh3

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili 11-iyun kuni harbiy xarajatlar borasidagi kelishmovchilik tufayli iste’foga chiqdi. U bosh vazir Kir Starmerni tahdidlar kuchaygan bir vaqtda mamlakatni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hukumat resurslarini ajratmayotganlikda aybladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Kutilmagan iste’fo keskin tanqidiy ochiq xat bilan birga e’lon qilindi. Bu holat yetakchilik uchun kurashga duch kelayotgan Starmerga bosimni yanada oshiradi.

“Shuningdek, bu hukumat markazidagi inqirozni ko‘rsatib qo‘ydi: ortiqcha pul bo‘lmagan bir vaqtda mudofaa xarajatlarini qanday oshirish mumkin?”, deyiladi xabarda.

Britaniya Mudofaa va Moliya vazirliklari harbiy xarajatlarni kengaytirish bo‘yicha bir necha oydan beri muzokara olib bormoqda. Shu sababli 2025-yilda e’lon qilinishi kerak bo‘lgan Britaniya Mudofaa investitsiya rejasi (DIP) kechikmoqda.

Harbiy rahbarlarning ta’kidlashicha, Rossiya Britaniya suvlariga tez-tez bostirib kirayotgan bir vaqtda kuchayib borayotgan tahdidga qarshi turish uchun ushbu reja juda zarur. Biroq hukumat qarzlarni kamaytirishga qiynalmoqda.

Bu shov-shuvli iste’fo Starmer hokimiyatni saqlab qolish uchun kurashayotgan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. May oyida 80 nafar deputat uning iste’fosini talab qilgan edi. 

“Siz tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi vaqtda mamlakatni himoya qilish uchun zarur bo‘lgan resurslarni ajratishga qodir bo‘lmadingiz. Moliya vazirligi esa buni xohlamadi”, deb yozdi Hili Starmerga yo‘llagan xatida.

Britaniya mudofaa sanoati rejaning kechiktirilishidan g‘azabda. Ularning aytishicha, bu holat uzoq muddatli dasturlarga investitsiya kiritishga xalaqit bermoqda.

Britaniya hozirda AQSHning Yevropani himoya qilishdan uzoqlashayotgani muammosiga duch kelmoqda. Shu bilan birga, AQSH va Isroilning Eron bilan urushi Britaniyaning harbiy tayyorgarligi yo‘qligini ko‘rsatib qo‘ydi. Britaniya harbiy-dengiz kuchlari ushbu mintaqaga zamonaviy harbiy kemani zudlik bilan safarbar eta olmadi.

Mudofaa rejasidan maqsad qurolli kuchlarning jangovar shaylik holatiga o‘tishini ta’minlash uchun harbiy texnika va xizmatlarni moliyalashtirishdir. Starmer 10-iyun kuni ushbu reja 7-iyulda boshlanadigan NATO sammitidan oldin e’lon qilinishini aytgan edi.

“Sizning moliyaviy qaroringizni men ilk bor shu hafta boshida ko‘rib chiqdim. U ushbu xavfli vaqtda mudofaa va mamlakat uchun zarur bo‘lgan talablardan ancha past”, dedi Hili o‘z maktubida.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar