• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Hindistonda 242 kishini olib ketayotgan yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi

    Hindistonning Ahmadobod shahrida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. ANI axborot agentligining ma’lum qilishicha, Buyuk Britaniyaga yo‘l olgan havo kemasi bortida 242 kishi bo‘lgan.

    Aviatsiya parvozlarini kuzatib boruvchi Flightradar24 portaliga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot Boeing 787-8 Dreamliner bo‘lib, ushbu keys bu modeldagi fuqaro laynerlari bilan yuz bergan ilk halokatdir. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda bo‘lganlarning 169 nafari Hindiston, 53 nafari Buyuk Britaniya, yana 7 kishi esa Portugaliya fuqarolaridir. 

    Samolyot tegishli bo‘lgan Air India kompaniyasi holat yuzasidan X ijtimoiy tarmog‘ida bayonot berib, tafsilotlar aniqlashtirilayotganini, qo‘shimcha ma’lumot tez orada e’lon qilinishini bildirdi. 

    Mahalliy manbalar xabariga ko‘ra, halokat samolyot aeroportdan uchib chiqayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Tarmoqlarda tarqalayotgan videoda havo layneri qulashidan soniyalar oldin balandlik yo‘qotganini ko‘rish mumkin. 

    Voqeadan ko‘p o‘tmay, halokat joyidan olingan kadrlar e‘lon qilindi. Unda o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib kelib, samolyot qoldiqlari hamda yon-atrofdagi avtomobillarga tutashgan yong‘inni bartaraf etayotganini ko‘rish mumkin. Air India samolyot shifoxona binosiga qulaganini ma’lum qildi. Yaradorlar shifoxonaga olib ketildi.

    S
    Samolyot qulagan bino
    Foto: Tarmoqdan

    Ahmadobod aeroportining ma’lum qilishicha, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 13:39 da 23-sonli uchish-qo‘nish yo‘lagidan havoga ko‘tarilgan. Shundan so‘ng favqulodda vaziyat haqida ogohlantiruvchi “Mayday” signalini yuborgan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay aloqa uzilgan. 

    Flightradar24 parvoz haqida oxirgi signal samolyot havoga ko‘tarilganidan atigi bir necha soniya o‘tib olinganini ma’lum qildi. Shuningdek havo kemasi VT-ANB kodi bilan ro‘yxatga olingan Boeing 787-8 Dreamliner bo‘lganini tasdiqladi. Biroq Boeing kompaniyasi hozircha rasmiy izoh bermadi.

    Eslatib o‘tamiz, Hindistonda so‘nggi aviahalokat 2020-yili Air India Express bilan yuz bergan edi. O‘shanda Air India’ning arzon reyslar bilan shug‘ullanuvchi sho‘ba korxonasiga tegishli Boeing-737 samolyoti qulab, 21 kishini hayotdan olib ketgan edi.

    Xabar qo‘shimcha tafsilotlar bilan to‘ldirilmoqda.

    12 iyun, 15:17   Izoh (0)   4426
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Hindiston#samolyot#aviahalokat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent—Isroil aviareyslari iyun oxirigacha bekor qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 20:19

    Hindistonlik milliarder polo o‘yini paytida asalari chaqishidan vafot etdi

    Dunyo | 14 iyun, 19:50

    Turkiyada o‘gay otasi jinsiy tajovuz qilgan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 19:25

    Saida Mirziyoyeva Moody’s O‘zbekistonning reyting prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga o‘zgartirganiga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 19:01

    Keniyada norozilik namoyishlari bolib o‘tdi

    Dunyo | 14 iyun, 18:35

    AQSH armiyasi 250 yilligiga parad o‘tkaziladi

    Dunyo | 14 iyun, 17:55

    Sirdaryoda yuqori tezlikda harakatlangan haydovchi 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 17:35

    35-yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    Dunyo | 14 iyun, 17:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.