• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ ichimlik suvi va oqova tizimlari obyektlarida olib borilgan qurilish-montaj ishlari monitoringi jarayonida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda.

     
    Foto: “Daryo”

    Gap nima haqda?

    2024-yil yakunida aholini toza ichimlik suvi va oqova suv bilan taʼminlash bo‘yicha belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi yuzasidan “Yuksalish” harakati tomonidan jamoatchilik monitoringi o‘tkazilgan.

    Monitoringda respublika bo‘ylab 101 ta mahallada amalga oshirilishi belgilangan 99 ta loyiha tanlov yo‘li bilan o‘rganiladi. Ichimlik suvi va oqova suv tizimi bilan taʼminlanishi bo‘yicha aholi fikri o‘rganilgan.

    Natijada rasmiy hisobotlarda to‘liq bajarilib, foydalanishga topshirilgan deb ko‘rsatilgan 23 ta loyiha doirasida qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilmagani, 28 ta loyiha bo‘yicha obyektlar belgilangan muddatda foydalanishga topshirilmagani, 15 ta mahallada ishlar yakunlangan bo‘lishiga qaramay, taʼminot to‘liq yo‘lga qo‘yilmagani, 9 ta loyiha bo‘yicha ishlar sifatsiz bajarilgani maʼlum bo‘ldi, deyiladi harakat maʼlumotida.
    Foto: “Daryo”

    “O‘zsuvtaʼminot”dan raddiya

    “O‘zsuvtaʼminot” AJ eʼlon qilgan raddiyada aytilishicha, “Yuksalish” harakati maʼlumotlarni “O‘zsuvtaʼminot”dan emas, boshqa vazirlik va idoralardan olishga uringan. Bundan tashqari, ushbu o‘rganishlar davomida jamiyatning mazkur yo‘nalishdagi birorta mansabdor vakili ishtirok etmagan.

    “Yuksalish” harakati tomonidan hududlardagi qurilish obyektlari noprofessional yondashuv asosida o‘rganilgan. Yaʼni har bir qurilish obyekti belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlari asosida o‘rganiladi aslida. Mazkur hujjat yaʼni har bir ko‘rsatilgan manzilning loyiha-smetasi buyurtmachi, quruvchi tashkilot va loyihachida bo‘ladi. “Yuksalish” harakati tomonidan esa qanday meʼyor va parametrlar asosida o‘rganilgani ular tomonidan eʼlon qilingan materialda belgilanmagan, afsuski!

    Obyektlarda davom etayotgan ishlar ham negadir “Yuksalish” harakati o‘rganuvchilarining qurilish ishlari yakunlangan, suv yo‘q, degan asossiz xulosa chiqarishiga sabab bo‘lgan, negadir!!!, deyiladi “O‘zsuvtaʼminot” raddiyasida.

    Qo‘shimcha qilinishicha, o‘rganishlar ishchi guruhi tarkibida soha faoliyati haqida to‘liq maʼlumotga va dalillarga ega bo‘lmagan xodimlarning shunchaki xulosalari asosida tayyorlanganini ko‘rsatadi.

    Raddiyaga raddiya

    “Yuksalish” harakati “O‘zsuvtaʼminot” raddiyasiga munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, “O‘zsuvtaʼminot” raddiyasida muammo yo‘q, deb ko‘rsatilgan obyektlardagi vaziyatga aniqlik kiritgan holda muammolar hanuzgacha saqlanib qolmoqda.

    “O‘zsuvtaʼminot” AJ tomonidan “Yuksalish” harakatiga yuborilgan ma'lumotlar haqida xat
     
    “O‘zsuvtaʼminot” AJ tomonidan “Yuksalish” harakatiga yuborilgan ma’lumotlar haqida xat
     
    Foto: “Yuksalish” harakati

    “Yuksalish” harakati o‘rganishlarni “O‘zsuvtaʼminot” taqdim etgan maʼlumotlar asosida amalga oshirgan, bu borada noxolislik va noprofessionalizmga oid ayblovlar asossiz. Aksincha, jamiyat bu borada yolg‘on axborot tarqatgan.

    Aholida ichimlik suvi taʼminoti bilan bog‘liq eʼtirozlar ko‘pligi maʼlum bo‘lmoqda, deyiladi harakat raddiyasida.

    Bayonotda “O‘zsuvtaʼminot” Jamoatchilik nazorati yakunlari bo‘yicha tayyorlangan takliflarni ko‘rib chiqishda hissiyotga berilmaslikni so‘ragan.

    “Hissiyotli raddiya”

    Harakati rahbari Bobur Bekmurodov “O‘zsuvtaʼminot” bayonotini “hissiyotli raddiya” deb atagan.

    Bobur Bekmurodov
    Bobur Bekmurodov
    Foto: “Daryo”

    “O‘zsuvtaʼminot” jamoatchilikni chalg‘itgani o‘z yo‘liga, asosiysi barcha ro‘yxatdagi obyektlar nazoratga olindi. Suv kelmagan joylarga suv keldi, kelmagan joylarda esa tezda kelishi haqida vaʼdalar berildi. Biz shundan xursandmiz.

    Bugungi O‘zbekiston aynan shu bilan ham kuchli — bugun fuqarolik jamiyati bor, bugun jamoatchilik nazorati bor.

    Biz bundan buyon ham davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilishda qatʼiy turamiz.

    Vazirlik va idoralar rahbarlarini esa pastga tushib, islohotlar ijrosini aktlarga tayanib emas, o‘z qo‘li va o‘z ko‘zi bilan nazorat qilishga chaqiramiz, degan Bobur Bekmurodov.

    Harakat rahbari so‘zining oxirida 16-iyun kuni prezident raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishda aynan mana shu masalalarga eʼtibor qaratilganiga urg‘u bergan.

    17 iyun, 00:10   Izoh (0)   2244
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #“Oʻzsuvtaʼminot” AJ#“Yuksalish” harakati#ichimlik suvi#raddiya#oqova tizimlar#Monitoring

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston avtomobil bozori 2030-yilgacha har yili o‘rtacha 6 foizga o‘sadi — BCG

    O‘zbekiston | 18 iyun, 09:56

    Hech nima qilmasdan metabolizmni tezlashtirish va ozish sirlari

    Salomatlik | 18 iyun, 09:47

    “Isroil biz uchun Eronda iflos ishlar qilmoqda” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 18 iyun, 09:36

    Toshkentdagi dorixonada 3,5 mlrd so‘mlik dorilar sifatsiz va qalbakilashtirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 09:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “River Pleyt” va “Mamelodi”dan g‘alaba, “Inter” Meksika jamoasi bilan durang o‘ynadi (video)

    Sport | 18 iyun, 09:04

    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

    Reklama | 18 iyun, 09:00

    AQSH Yaqin Sharqdagi qo‘shinlarini shay holatga keltirdi

    Dunyo | 18 iyun, 08:26

    Isroil Eron rahbariga Saddam Husayn taqdiri bilan tahdid qildi

    Dunyo | 17 iyun, 23:50

    Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga qariyb 210 mln dollar beg‘araz grant ajratadi

    Dunyo | 17 iyun, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.