Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 2,85 so‘mga ko‘tarilib, 12 632,88 so‘m bo‘ldi. Yevro 1,97 so‘mga pastlab, 13 667,51 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,03 so‘mga oshib, 144,52 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket besh kun ko‘tarilib, 12 630,03 so‘m bo‘lgandi. Rubl ham oshib, yevro pastlagandi.
Izoh (0)