• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Telegram rus maxsus xizmatlariga ishlayotgan bo‘lishi mumkin

    OCCRP konsorsiumi hamda IStories (Muhim hikoyalar) nashri tomonidan olib borilgan yangi surishtiruv Telegram messenjerining xavfsizligi borasida jiddiy savollarni keltirib chiqardi. Undan ma’lum bo‘lishicha, messenjer trafigini yo‘naltiruvchi infratuzilmani Rossiya razvedkasi va mudofaa agentliklarining “sobiq hamkori” nazorat qiladi.

    Telegram asoschisi Pavel Durov
    Telegram asoschisi Pavel Durov
    Foto: Tarmoqdan

    Surishtiruvda Vladimir Vedeneev haqida so‘z boradi. U 45 yoshli rossiyalik muhandis bo‘lib, ismi hujjatlarda Global Network Management (GNM) kompaniyasining egasi sifatida ko‘rsatilgan. Mazkur kompaniya Telegram serverlarini texnik qo‘llab-quvvatlaydi va minglab IP-manzillarni nazorat qiladi.

    Sud hujjatlariga ko‘ra, Vedeneev Telegram serverlariga eksklyuziv kirish huquqiga ega bo‘lib, bundan u kompaniya nomidan shartnomalar imzolashda foydalangan. Shu bilan birga, Telegram asoschi Pavel Durov tomonidan berilgan ishonchnoma asosida norasmiy moliyaviy direktor (CFO) sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan. 

    Vedeneevga berilgan ishonchnoma
    Foto: IStories

    Bundan tashqari, uning nomida GlobalNet va Electrontelecom kabi kompaniyalar ham bo‘lib, o‘tmishda Rossiya federal xavfsizlik xizmati va Kurchatov yadro ilmiy-tadqiqot instituti kabi tashkilotlarga xizmat ko‘rsatgan. Electrontelecom hanuzgacha Peterburg mintaqasida FSB tomonidan foydalaniladigan kuzatuv tizimlarini boshqaradi. E’tiborlisi, ayni shu vaqtda Telegramga 5 000 dan ortiq IP manzillarni taqdim etadi. 

    Messenjer protokolidagi xavf

    Telegram doim o‘zining xavfsizlik darajasi haqida yuqori da’volar qilib kelgan. Biroq u foydalanadigan MTProto protokoli “shifrlangan” xabarlar ichida ham “auth_key_id” deb ataluvchi ochiq (shifrlanmagan) elementni o‘z ichiga oladi.

    Kiberxavfsizlik mutaxassisi Mishał Vozniyakning izohlashicha, bu messenjer trafigini kuzatayotgan har qanday shaxsga foydalanuvchining qurilmasi, IP-manzili va joylashuvini aniqlash imkonini beradi — hatto xabar matni shifrlangan bo‘lsa ham.

    Citizen Lab ekspertlaridan biri Jon Skott-Raylton ham Vozniyakning xavotirlarni tasdiqladi.  Mutaxassis Rossiya hukumati nazdida tahdid sifatida ko‘rilgan anonim foydalanuvchilar bu turdagi metadata orqali fosh etilishi mumkinligini aytdi. 

    Hujjatlarga tayanilsa, Vedeneevning kompaniyasi Telegram serverlari joylashgan Mayami shahridagi ma’lumotlar markazidagi yo‘naltiruvchi qurilmaga egalik qiladi. Bundan tashqari, kompaniya Telegramga 10 000 dan ortiq IP-manzilini ijaraga bergan. Vozniyakning fikricha, bu Telegram foydalanuvchilarining metama’lumotlariga kirish xavfini tug‘diradi.

    Vedeneevning kamdan kam suratlaridan biri
    Vedeneevning kamdan kam suratlaridan biri
    Foto: IStories

    Pavel Durov ustidan sud

    Pavel Durov mashhur VKontakte ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi hisoblanadi. U Kreml va FSB bilan ziddiyatlar sabab 2014-yili Rossiyani tark etgan. Durov o‘shandan beri yurtiga qaytmaganini, shuningdek u yerda hech qanday infratuzilmasi yo‘qligini da’vo qiladi. Biroq tergov hujjatlariga ko‘ra, u 2015—2021-yillar oralig‘ida Rossiyaga 50 martadan ortiq safar qilgan.

    Pavel Durov 2024-yilning 24-avgust kuni Parij aeroportida qo‘lga olinib, keyinroq 5 million yevro garov evaziga shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan. Unga nisbatan Telegram messenjeri orqali sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlikdan bosh tortish ayblovi qo‘yilgan.

    OCCRPning Pavel Durovdan izoh olishga urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Vedeneev esa o‘z bayonotlarini ommaga e’lon qilishdan bosh tortgan.

    Surishtiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, Vedeneevning Rossiya davlat loyihalari bilan aloqalari uzoq yillarga borib taqaladi. U bir vaqtlar GlobalNet kompaniyasining kichik ulushdori va Rossiya Aerokosmik kuchlarining sobiq zobiti Roman Venediktov bilan hamkorlik qilgan. Bu ikkisi birgalikda Peering nomli kompaniyani tuzib, shu orqali VKontakte uchun trafikni boshqargan. 2018-yilda GlobalNet bu kompaniyani sotib olgan.

    O‘rganishlardan shuni ko‘rsatdiki, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan so‘ng GlobalNet Deep Packet Inspection (DPI), ya’ni foydalanuvchi trafigini chuqur tahlil qilish tizimini o‘rnatgan. Kompaniya bu orqali Roskomnadzor davlat nazoratchisi talablariga moslashgan. Buni o‘sha vaqtda Rossiya davlat Dumasi Axborot siyosati qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Oleg Matveychev shunday izohlagan edi:

    “Telegram va FSB o‘rtasida kelishuv bo‘ldi. Telegram tergovdagi jinoyatchilar, jumladan terrorchilikda gumon qilinganlar ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi infratuzilmani o‘rnatdi”.

     Kiberxavfsizlik mutaxassisi Mishał Vozniyak Packet Inspection tizimining xavfli jihatlariga to‘xtaldi. 

    “Agar Telegram trafigiga kirish imkoni bo‘lsa va bu kishi Rossiya razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilsa, unda bu Telegram foydalanuvchilarini global miqyosda kuzatish vositasiga aylanadi”, deydi u. 

    Surishtiruv Telegram’ning shaxsiy daxlsizlik va erkin so‘z platformasi sifatidagi imijiga nisbatan qator savollarni yuzaga chiqardi. Boisi uning infratuzilmasi Rossiya maxfiy xizmatlari bilan bog‘liq shaxslar qo‘lida ekani shunchaki tasodif bo‘lishi mumkinligiga deyarli hech kim ishonmaydi. Biroq messenjerning o‘zi iddaolarni rad qilib chiqqan.

    “Hech bir pudratchimiz foydalanuvchi ma’lumotlari yoki asosiy infratuzilmaga kira olmaydi. Telegram’ning Rossiyada na xodimi bor, na serveri. Telegram serverlarining barchasi kompaniyaning o‘ziga tegishli va kompaniya xodimlari tomonidan boshqariladi. Ruxsatsiz kirish imkonsiz. Telegram hech qachon shaxsiy yozishmalarni uchinchi tomonlarga topshirmagan va shifrlash tizimi hech qachon buzilmagan”, deyiladi Telegram’ning rasmiy bayonotida.

    Shifrlangan xabarlar himoyalangandek ko‘rinsa-da, metadata va qurilma identifikatorlari orqali foydalanuvchilar haqida muhim ma’lumotlar yechilishi mumkin. Bu ayniqsa Rossiya hukumatiga xavfli deb hisoblangan foydalanuvchilar uchun katta tahdid hisoblanadi.

    11 iyun, 19:01   Izoh (0)   1937
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Rossiya#Tekegram#Pavel Durov#FSB

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shahed kamikadze dronlari Isroil havo mudofaasini yo‘q qilish uchun uchirildi va 50 daqiqada manzilga yetib boradi — OAV

    Dunyo | 14 iyun, 00:02

    Eron Isroilga ballistik raketalar bilan zarba bermoqda (video)

    Dunyo | 13 iyun, 23:42

    Buxoroda 17 yoshli bola boshqaruvidagi Lacetti yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

    O‘zbekiston | 13 iyun, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 iyun, 23:05

    Qashqadaryoda o‘zini profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqarodan pul olayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 13 iyun, 22:50

    “Eron Isroil hujumlaridan so‘ng yanada kuchayadi” — ekspertlar

    Dunyo | 13 iyun, 22:35

    Superliga. “Mashʼal” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni tor-mor etdi

    Sport | 13 iyun, 22:08

    O‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanayotgan fuqaro BAAdan O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 13 iyun, 22:05

    Farg‘onada bolalarga noqonuniy diniy saboq berayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 13 iyun, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.