• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    Eronning O‘zbekistondagi elchisi Muhammadali Iskandariy Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha bayonot berib, Isroilni terrorchi davlat deb atadi. Elchining jurnalistlarga o‘qib eshittirilgan bayonotida Eron muzokaraga muzokara, urushga urush bilan javob berishi keltirilgan.

    Muhammadali Iskandariy
    Foto: “Daryo”

    Kecha, 24-iyun kuni Eron Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasida mahalliy OAV vakillari bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Daryo" muxbiri xabar berdi.

    Muloqotda Muhammadali Iskandariy shaxsan qatnasha olmadi, lekin uning bayoti o‘qib eshittirildi.

    Bayonotda aytishicha, Isroil “Nildan Frodgacha” konsepsiyasini amalga oshirmoqda. Va bu islom dunyosi bayrog‘ini pastga tushirishga qaratilgan xatti-harakatdir.

    “AQSH va Isroilning ekstremistik mafkuraga tayangan elitasi jahonga hukmronlik qilish, ‘Nildan Furotgacha’ nomli eskirgan va xavfli nazariyasini hayotga tatbiq etish hamda islom dunyosi bayrog‘ini pastga tushirish bo‘ycha xatti-harakatlarga kirishdilar. Xalqaro institutlar, zamonaviy qurol-yarog‘lar, taktika va strategiyalardan foydalangan holda o‘rmon qonunini joriy etish bo‘yicha xatar qo‘ng‘iroqlari yangradi va vahshiylikning yangicha ko‘rinishi qaror topmoqda”, deyiladi.
    • Ma'lumot uchun, “Nildan Furotgacha” deb nomlangan konsepsiya aslida “Greater Israel” (Buyuk Isroil) nazariyasi bo‘lib, u Ioardan daryosidan boshlab Golan, Quddus, G‘arbiy Sohil va G‘aza kabi mavjud hududlarni o‘z ichiga oladi.

    Elchi AQSH va Isroilning jinoyatlari oldida sukut saqlash agressiyaga sheriklik yoki uni oqlash hisoblanishini qo'shimcha qilgan.

    “Bunday jinoyatlar qarshisida sukut saqlash tajovuzkorga sheriklik yoki uni rag‘batlantirish hisoblanadi, uni har qanday darajada qoralash qotillik va insoniyatga qarshi jinoyatlar poyezdini to‘xtatishda samarali bo‘ladi. Har qanday mumkin bo‘lgan usulda haqiqat va adolatparvarlik tomonida turish diqqatni jalb etadi hamda qonuniy hisoblanadi, zolim qarshisida sukut saqlamaslik esa pok vijdonlarning roziligiga sabab bo‘ladi”.
    Фон изображения
    Eron ko'chalari
    Foto: jpost.com

    Bayonotda keltirilishicha, Eron urushga urush bilan, muzokaraga muzokara bilan javob qo‘shimcha qildi.

    Eronning madaniyatli xalqi muzoraga muzokara, urushga esa urush bilan javob beradi. Madaniyatli eronliklar asrlar davomida ana shunday inqirozlarga duch kelganlar va ularni yengib o‘tganlar. Eronning matonatli va qudratli xalqi doimo yorug‘lik yo‘lidan borajak. Eronliklarning “Allohu Akbar” quroli bilim va sivilizatsiya bilan birgalikda ularga madadkor bo‘ladi.

    Fir’avn shunchalik qudratga ega bo‘lishiga qaramasdan, yorug‘lik va adolatparvarlikka qarshi kurashda oxir-oqibat dahshatga tushib, mag‘lub bo‘lgani kabi Trampning “Titanigi” ham shunchalik qudrati va mahobatiga qaramasdan to‘xtatiladi. Inshaaloh, deyilgan bayonotda.

    Shu bilan birga, elchixona vakili Husayn Parvarish Eron nima uchun Isroilning hujumlarini qaytarishda Rossiyadan yordam olmaganiga javob berib o'tdi. Uning aytishicha, rasmiy Tehron tashqi xavflarni qaytarish bo‘yicha prinspial yondashuvga ega. Va shundan kelib chiqib Eron tashqaridan bo‘ladigan tajovuzlarni bartaraf etishda doim o‘z kuchiga tayanadi.

    “Biz tashqi xavflarni bartaraf etishda o‘z kuchimizga tayanamiz. Rossiya Eronning strategik sherigi hisoblanadi. Rossiya oxirgi bir necha kun ichida sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha o‘zining qat’iy pozitsiyasini bildirib, AQSH va Isroilning harakatlarini qoraladi.
    Eron 5+ davlatlari (BMT Xavfsizlik kengashining besh doimiy a’zosi – AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Xitoy va Germaniya nazarda tutilmoqda – tahr.) bilan yadro dasturi bo‘yicha olib brogan muzokaralari vaqtida Rossiya Eronning yaqin hamkori edi. Har bir round oldidan rasmiy Tehron Moskva bilan bu masalada maslahatlashardi”, deydi u.
    Husayn Parvarish
    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, mas’ul vakil AQSHning zarbasidan so‘ng Natanz, Isfahon va Fordodagi yadro obyektlarning holati qanday ekanligiga ham to‘xtalib o‘tdi.

    “Eron Islom respublikasi atom tashkiloti va Xalqaro atom energetika tashkiloti (MAGATE) ham tasdiqladi-ki, hozircha zarba berilgan yadro obyektlaridan radiatsiya chiqmayapti. Eron rahbariyati Amerikaning hujumidan oldin bu masalani o‘ylagan va yetarli chora tadbirlarni ko‘rgan edi.

    Biz o‘zimizning qonuniy haq-huquqlarimidan kelib chiqib, yadro yo‘nalishda faoliyatimizni davom ettiramiz. Eronning yadro dasturi to‘liq MAGATEning nazorati ostida amalga oshirilmoqda”, dedi u.

    Фон изображения
    Eronning Fordodagi yadro obyekti AQSH hujumidan so'ng ko'rinishi
    Foto: Yahoo

    25 iyun, 13:39   Izoh (1)   4321
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Eron#AQSH#Donald Tramp#Isroil#Yaqin Sharq#urush
    Sardor Ali Nurmatov

    Izoh (1)

    Kirish
    1. / 25 iyun, 15:24

      Hurmatli Sardor Ali Nurmatov. Maqolangizda Eron koʻchalari deya tasvirlangan obyekt aslida ham Eronni. Negadur yozuvlar ibroniycha tuyulyapti menga. Iltimos surʼatni izohlab bering.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.