O‘zbekistonda “Har xil vazifalar – yagona vakolat” tamoyili asosida 2026-yil 1-noyabrdan boshlab PPX va YPX xodimlariga yangi vakolatlar beriladi.
Prezidentning 4-sentyabr kuni qabul qilingan “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga yangicha ishlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilanishicha, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir quyidagi ayrim funksiya va vakolatlar ichki ishlar organlarining patrul-post hamda qo‘riqlash xizmatlariga ham beriladi:
- yo‘nalishdagi chorrahalar, bozorlar, yirik savdo majmualari, ta’lim muassasalari atroflari hamda markaziy ko‘chalarida yuzaga keladigan tirbandliklarni bartaraf etish;
- yo‘llarda sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlarga darhol munosabat bildirish, ularning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
- ko‘cha va jamoat joylarida sodir etiladigan jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarga chek qo‘yish, ularni sodir etayotgan shaxslarni ta’qib qilish, ushlash hamda ichki ishlar organlariga olib borish;
- belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish hamda jamoat joyida alkogol mahsulotini iste’mol qilish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llash.
Ko‘rib chiqish vakolati doirasidagi birinchi marotaba sodir etilayotgan 17 turdagi kam ahamiyatli ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ma’muriy ogohlantirish jazosini qo‘llash, shuningdek, tuman (shahar) ichki ishlar organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarlarining vakolatidagi 9 turdagi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llash vakolatiga ega bo‘ladi.
Bu o‘zgarishlar Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish, sohada kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishgani ma’lum qilingandi.








