Daryo

Profilaktika inspektorlarining ma’muriy jazo qo‘llash vakolatlari kengaytiriladi

Xodimlarning huquqiy maqomi va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ularga ayrim moddalar bo‘yicha ma’muriy ogohlantirish jazosini qo‘llash imkoniyati yaratiladi.

1 daqiqa o‘qish7 510 ko‘rishlar0 izoh6

O‘zbekistonda profilaktika inspektorlariga qo‘shimcha vakolatlar berilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan profilaktika inspektorlari faoliyati va jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdimotda ma’lum qilindi.

Taklifga ko‘ra, profilaktika inspektorlarining ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llash vakolati kengaytiriladi. Shuningdek, ayrim moddalar bo‘yicha ma’muriy ogohlantirish jazosini qo‘llash imkoniyati ham yaratiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Taqdimotda profilaktika inspektorlarining huquqiy maqomini belgilovchi “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorining maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi haqida ham axborot berildi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, profilaktika inspektoriga faqat qonun bilan belgilangan vazifalar yuklanadi. Uning kasbiy faoliyatiga aralashish, o‘ziga taalluqli bo‘lmagan topshiriqlar va asossiz yuklamalar berish taqiqlanadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bundan tashqari, profilaktika inspektorlarining ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish ham rejalashtirilmoqda. Xususan, hokimliklarga ularni xizmat xonasi va uy-joy bilan ta’minlash majburiyati yuklatilishi, faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi hamda uzoq yil xizmat qilgan xodimlar uchun pensiya ta’minoti bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar yaratish nazarda tutilgan.

Prezident taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, profilaktika inspektorlarini ortiqcha vazifalardan xalos etish, ularning huquqiy maqomi va ijtimoiy himoyasini mustahkamlash hamda jamoat xavfsizligi tizimini takomillashtirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar