Daryo

Omskdagi yong‘in oqibatida ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi

Hodisa qurilish maydonida yuz bergan bo‘lib, jami 11 kishi jarohatlangan. Ulardan bir nafari vafot etgan.

1 daqiqa o‘qish4 121 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Omsk shahrida qurilayotgan binoda yong‘in chiqishi oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev ma’lum qildi.

Hodisa 15-avgust kuni sodir bo‘lgan. Qurilish maydonida payvandlash ishlari olib borilayotgan vaqtda issiqlik izolyatsiyasi materiali yonib ketgan. Yong‘in 1000 kvadrat metr maydonni egallagan bo‘lib, atrofni quyuq qora tutun qoplagan. 30 nafar qutqaruvchi va olti dona maxsus texnika jalb etilib, yong‘in bartaraf etilgan.

Foto: “Gorod 55”
Foto: “Gorod 55”

Yong‘in oqibatida 11 nafar ishchi jabrlangan. Ularning ikki nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Omonulla Fayziyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi diplomatlari jabrlangan vatandoshlarga zarur yordam ko‘rsatish hamda favqulodda hodisaning barcha sabablarini aniqlash uchun Omskdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va shahar hokimiyati bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Foto: Rossiya FVV

“Omsk inform” nashrining yozishicha, yong‘in oqibatida bir kishi vafot etgan bo‘lib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar