Daryo

Filippinda 7,4 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

Yer silkinishi sababli sunami xavfi e’lon qilindi. Mahalliy aholi binolar shikastlanganini aytmoqda, rasmiylar hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot bermagan.

1 daqiqa o‘qish2 072 ko‘rishlar0 izoh0

Filippin qirg‘oqlarida 10-oktyabr kuni 7,4 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSH Geologiya xizmati xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat yer silkinishi sababli sunami xavfi e’lon qildi. Zilzila Davao shahridan taxminan 123 kilometr uzoqlikda, 58,1 kilometr chuqurlikda kuzatilgan. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, kuchli silkinishdan keyin shikastlangan binolar va qulagan daraxtlar bor. Jabrlanganlar soni hozircha noma’lum.

Filippin vulqonologiya va seysmologiya instituti (Phivolcs) “hayot uchun xavfli to‘lqin balandligi bilan halokatli sunami kutilayotgani”dan ogohlantirdi. Shuningdek, Filippinning sharqiy va janubiy qirg‘oqbo‘yi hududlaridagi aholini evakuatsiya qilishga chaqirdi. Phivolcs zilzila kuchini 7,6 ballga tenglashtirmoqda.

Filippin orollari Tinch okeani atrofidagi “Olov halqasi” deb ataluvchi hududda joylashgan. Mazkur halqa uzunligi 40 ming kilometr bo‘lgan seysmik yoriqlar tizimi bo‘lib, dunyo bo‘yicha mavjud vulqonlarning yarmidan ko‘pi aynan shu yerda joylashgan. Shu sababli bu hududda tez-tez kuchli zilzilalar sodir bo‘lib turadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar