Uzoq vaqt davomida sudlovdan yashirinib yurgan o‘ta xavfli jinoyatchi Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu shaxs tovlamachilik va bir qator boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tashabbusi bilan xalqaro qidiruvga berilgan.
Interpolning Qohira shahridagi Milliy markaziy byurosi bilan tezkor axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, xalqaro qidiruv doimiy nazorat qilib borildi, ikki davlat vakolatli idoralarining o‘zaro hamkorligi muvofiqlashtirildi. Qidirilayotgan shaxsning davlatlararo harakatlanish yo‘nalishlari aniqlandi va uning Misrda ekani tasdiqlandi.
Ekstraditsiya to‘g‘risidagi so‘rov ko‘rib chiqilgach, Misrning vakolatli idoralari qidiruvdagi shaxsni O‘zbekistonga topshirish haqida qaror qabul qildi.
Barcha zarur xalqaro-huquqiy tartib-taomillar natijasida qidiruvdagi shaxs Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirildi va mamlakat qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortish uchun olib kelindi.
22-iyul kuni Interpol orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan uch nafar shaxs O‘zbekistonga qaytarilgani xabar qilingandi. Shu kuni xalqaro qidiruvda bo‘lgan yana bir fuqaro Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingani ma’lum qilindi.
O‘ta xavfli jinoyatchi Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
Ushbu shaxs tovlamachilik va bir qator boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tashabbusi bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
1 daqiqa o‘qish24 130 ko‘rishlar0 izoh22
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish








