Daryo

Janubiy Koreyada 19 nafar o‘zbekistonlik qidiruvga berildi

Mamlakatda xorijda jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan 110 nafar chet el fuqarosi qidirilmoqda. O‘zbekiston fuqarolari bu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda turibdi.

1 daqiqa o‘qish7 237 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy Koreyada xorijda jinoyat sodir etib, mamlakat hududida yashirinib yurgan 110 nafar chet el fuqarosi qidirilmoqda. Ularning 19 nafari O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. Bu haqda Milliy politsiya agentligiga tayanib The Korea Times xabar berdi.

Qidiruvdagi xorijliklar orasida Xitoy fuqarolari (40 kishi) yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlardan O‘zbekiston (19), Mo‘g‘uliston (17), Vyetnam (13), Qozog‘iston (8), Rossiya (7) va Qirg‘iziston (2 nafar) fuqarolari joy olgan.

Qidiruvdagi xorijliklarning aksariyati, ya’ni 47 kishi firibgarlikda ayblanmoqda. Qolgan holatlar voyaga yetmaganlar huquqlarini buzish, odam o‘g‘irlash va fohishalik (29 ta), giyohvand moddalar savdosi (7 ta), o‘g‘rilik, yo‘l harakati qoidalarini buzish va tan jarohati yetkazish (har biri 5 tadan) kabi qilmishlarga aloqador. O‘zbekiston fuqarolari aynan qaysi jinoyatlarda ayblanayotgani noma’lum.

Sentyabr oyida Janubiy Koreyada Suriyadagi terrorchi guruhga yordam berishda gumonlangan to‘rt nafar o‘zbekistonlik ushlangandi. Ular terrorchi guruhga pul va transport vositalari yuborgani aytilmoqda. 

30 yoshlardagi asosiy gumondor 2025-yilning aprel oyidan beri qariyb sakkiz oy davomida BMTning terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidagi “Tavhid va jihod katibasi” guruhiga 6,3 million von (4 600 dollar) qiymatidagi kriptovalyuta yuborgan. U, shuningdek, xuddi shu davr mobaynida bu guruhdan kriptovalyuta qabul qilib olgan. Erkak bu mablag‘ga Janubiy Koreyada umumiy qiymati 170 million von bo‘lgan 11 dona eski mashina va 2 ta ekskavator sotib olgan hamda ularni Suriyaga jo‘natgan.

“Al-Qoida”ga aloqador bo‘lgan “Tavhid va jihod katibasi” guruhini 2022-yilda BMT tomonidan terrorchilik tashkiloti deb e’lon qilingan. Tergovchilarning ta’kidlashicha, gumondorning guruh bilan rasmiy aloqasi bo‘lmagan. U guruh a’zosi bo‘lgan ukasi bilan bog‘langach, tashkilotni qo‘llab-quvvatlashni boshlagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar