AQSH prezidenti Donald Tramp Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiyning dafn marosimi munosabati bilan Vashington Tehron bilan olib borilayotgan muzokaralarda bir haftalik tanaffus e’lon qilganini ma’lum qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomoni muzokaralarni davom ettirishdan manfaatdor.
“Biz ularga dafn marosimi munosabati bilan bir haftalik tanaffus berdik”, dedi Tramp 3-iyul kuni AQSH Mustaqillik kuni munosabati bilan Janubiy Dakota shtatida bo‘lib o‘tgan tadbirda.
3-iyul kuni Tehronda Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimi boshlandi.
Rejaga ko‘ra, Xomanaiyning tobuti Eron va Iroqdagi shialar uchun muqaddas markazlar hisoblangan Qum, Najaf va Karbalo shaharlariga olib boriladi. So‘ng u payshanba kuni Eronning eng muqaddas ziyoratgohlaridan biri joylashgan Mashhad shahrida dafn etiladi.
18-iyun kuni AQSH va Eron o‘rtasida harbiy harakatlarni to‘xtatishni mustahkamlash hamda muzokaralarning yangi bosqichini boshlashga qaratilgan 60 kunlik vaqtinchalik o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi. Biroq oradan bir necha kun o‘tib, Tramp Eronni Hormuz bo‘g‘ozida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda aybladi.








