Daryo

“Boshlagan ishimizni oxiriga yetkazamiz” — Tramp Eronga yana tahdid qildi

Trampning bayonoti AQSHning Eron hududidagi ayrim harbiy obyektlarga bergan zarbalaridan so‘ng yangradi. Uning fikricha, Tehron ushbu voqealardan ham tegishli xulosa chiqarmaydi.

1 daqiqa o‘qish5 868 ko‘rishlar0 izoh1

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron yana o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzsa, Vashington Tehronga qarshi harbiy amaliyotlarni kengaytirishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi deb xabar bermoqdaxabar bermoqda Anadolu agentligi.

Trampning bayonoti AQSHning Eron hududidagi ayrim harbiy obyektlarga bergan zarbalaridan so‘ng yangradi. Oq uy bu hujumlarni Eronning Hormuz bo‘g‘ozida tijoriy kemalarga hujum qilgani va o‘t ochishni to‘xtatish rejimini yana bir bor buzgani bilan izohladi.

“Shunday vaqt kelishi mumkinki, biz endi vazminlikni saqlab qola olmaymiz va muvaffaqiyatli boshlagan ishimizni harbiy yo‘l bilan oxiriga yetkazishga majbur bo‘lamiz. Agar shunday bo‘lsa, Eron endi mavjud bo‘lmaydi”, dedi Tramp.

AQSH prezidenti amerikalik harbiylar Eronning raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) saqlanayotgan omborlariga, shuningdek, qirg‘oq radiolokatsiya stansiyalariga zarba berganini ma’lum qildi. Trampning fikricha, Tehron ushbu voqealardan ham tegishli xulosa chiqarmaydi.

Avvalroq, AQSH qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eronning Hormuz bo‘g‘ozidagi tijoriy kemalarga hujumlarini sabab qilib ko‘rsatgan holda mamlakat hududidagi bir qator nishonlarga zarba berganini ma’lum qilgan edi.

O'z navbatida Eron 28-iyun kuni AQSHning aviazarbalariga javoban Kuvayt va Bahraynga hujumlar uyushtirdi. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) qoʻshma operatsiyalarda raketa hamda dronlardan foydalangan.

Toshkent tumanida tug‘ilganman. Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta'lim olganman. 2024-yil oktyabr oyidan buyon “Daryo”da muxbir lavozimida ishlayman. Asosan tahliliy maqolalar tayyorlash va intervyular bilan shug‘ullanaman. Sevimli filmlarim: “Forrest Gamp”, “Uzuklar hukmdori”, “Anna”, “Shoushenkdan qochish” Sevimli kitoblarim: “O‘tkan kunlar”, “Anna Karenina”, “Tirilish”, “Buyuk shaxmat taxtasi”, “Graf Monta Kristo”.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar