Daryo

Shavkat Mirziyoyev Tbilisidagi Qahramonlar maydoniga gulchambar qo‘ydi

O‘zbekiston prezidenti Gruziyaga davlat tashrifi doirasida ushbu mamlakat qahramonlarini xotirladi.

1 daqiqa o‘qish2 945 ko‘rishlar0 izoh1

Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga davlat tashrifi doirasida 3-iyul kuni Tbilisi shahridagi Qahramonlar maydoniga tashrif buyurdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Mamlakat yetakchisi Gruziya birligi uchun halok bo‘lgan qahramonlar yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Gruziya davlat madhiyalari yangradi.

Tbilisidagi Qahramonlar maydoni — Gruziya poytaxtining markaziy qismida joylashgan yirik yodgorlik majmuasi va davlat marosimlari o‘tkaziladigan muhim maskan hisoblanadi. Maydon Gruziya mustaqilligi va hududiy yaxlitligi yo‘lida halok bo‘lgan qahramonlar xotirasiga bag‘ishlangan. Markazida 51 metr balandlikdagi marmar bilan qoplangan yodgorlik qad rostlagan. Yodgorlikka 4 mingdan ortiq gruziyalik qahramonning ismi bitilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat tashrifi birinchi kuni qanday o‘tdi? 

O‘zbekiston prezidenti davlat tashrifi bilan Gruziya poytaxti Tbilisiga 2-iyul kuni kelgandi. Davlat rahbari Orbeliani saroyida tantanali kutib olindi. U yerda Shavkat Mirziyoyev Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tadbirlar doirasida Shavkat Mirziyoyevni Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar