Daryo

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tbilisiga yetib bordi

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

1 daqiqa o‘qish5 908 ko‘rishlar0 izoh4

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Gruziya bosh vazirining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili bilan muzokaralar boʻlib oʻtadi. Ertaga, 3-iyul kuni Oʻzbekiston yetakchisi Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar