Daryo

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Gruziyaga boradi

Tbilisi shahrida Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili hamda bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

1 daqiqa o‘qish4 208 ko‘rishlar0 izoh1

Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan 2—3-iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Tbilisi shahrida Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili hamda bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston—Gruziya doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari oʻrin olgan.

Siyosiy muloqotni mustahkamlash, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirishning amaliy jihatlari atroflicha muhokama qilinadi.Tomonlar sanoat, farmatsevtika, kimyo, qishloq xoʻjaligi, turizm, energetika va axborot texnologiyalari sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratadi.

Shu bilan birga, transport-logistika sohasida hamkorlik qilish hamda mahsulotlar eksporti geografiyasini kengaytirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish masalalari diqqat markazida boʻladi.

Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashadi.

Sammit yakunlari boʻyicha hamkorlikning turli yoʻnalishlarini qamrab oladigan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini imzolash rejalashtirilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar