Daryo

Prezident Gruziyaga tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi

Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze kuzatib qoʻydi.

1 daqiqa o‘qish7 610 ko‘rishlar0 izoh2

Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze kuzatib qoʻydi.

Tbilisi shahrida davlat rahbari Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili va bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston—Gruziya doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-tranzit, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirishning muhim masalalari koʻrib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Muzokaralar yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolandi. Bundan tashqari, ustuvor yoʻnalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar toʻplami almashildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Orbeliani saroyida Oʻzbekiston yetakchisiga Gruziyaning oliy davlat mukofoti — “Oltin moʻyna” ordenini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, davlat rahbari Tbilisi shahrida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat tashrifi yakunlangach, Oʻzbekiston prezidenti Toshkent shahriga joʻnab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev va Irakliy Kobaxidze o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda O‘zbekistonning Gruziyadagi elchixonasini taʼsis etish toʻgʻrisida ham qaror qabul qilingandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar