Daryo

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Gruziyaga joʻnab ketdi

Tbilisi shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar oʻtkaziladi. Ikki davlat doʻstlik va koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari diqqat markazida boʻladi.

1 daqiqa o‘qish4 286 ko‘rishlar0 izoh2

Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan 2-iyul kuni davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga joʻnab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, Gruziya poytaxtida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar oʻtkaziladi. Oʻzbekiston – Gruziya doʻstlik va koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari diqqat markazida boʻladi. Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashadi. Sammit yakunlari boʻyicha hamkorlikning turli yoʻnalishlarini qamrab oladigan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini imzolash rejalashtirilgan.

Tashrif dasturida madaniy-gumanitar tadbirlarda ishtirok etish ham koʻzda tutilgan.

O‘zbekiston—Gruziya munosabatlari

Ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1994-yil 19-avgust kuni o‘rnatilgan. Shundan buyon ikki tomonlama siyosiy muloqot izchil rivojlanib kelmoqda. 1995-yil sentyabrida o‘zaro munosabatlarning asosiy huquqiy hujjati hisoblangan Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

2025-yil 5-mart kuni Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgandi. Prezident bilan uchrashuvda savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-logistika, turizm va madaniyat sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgandi.

Ikki mamlakat o‘rtasida erkin savdo rejimi amal qiladi. Bu esa tovar ayirboshlash hajmining muttasil o‘sishiga xizmat qilmoqda. So‘nggi 5  yil ichida tovar ayirboshlash hajmi ikki yarim baravarga oshdi, qo‘shma korxonalar soni va yuk aylanmasi ko‘paydi. Mamlakatda gruziyalik investorlar ishtirokida tashkil etilgan raqamli bank faoliyat yuritmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar