Daryo

G‘aniyevning jarohati jiddiy bo‘lsa, uning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyevning Jahon chempionatida ishtirok etishi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

1 daqiqa o‘qish14 209 ko‘rishlar0 izoh6

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyevning Jahon chempionatida ishtirok etishi so‘roq ostida bo‘lib turibdi. Futbolchi Kanadaga qarshi bahsning 23-daqiqasida jarohat olib maydonni erta tark etdi. “Daryo” manbasiga ko‘ra, agar uning jarohati jiddiy bo‘lib chiqsa va musobaqani o‘tkazib yuboradigan bo‘lsa, uning o‘rnini Jasur Jaloliddinov egallashi mumkin.

Avvalroq Jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilar haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, 26 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatga Jaloliddinov kiritilmagan. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hozircha Aziz G‘aniyevning jarohati yuzasidan aniq ma’lumot bergani yo‘q. Futbolchining holati yakuniy tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 2-iyun, seshanba kuni Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Fabio Kannavaro jamoasi Jahon chempionati olidan oxirgi nazorat o‘yinini Niderlaniyaga qarshi o‘tkazadi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar