BMT gumanitar maqsadlarda Kubaga neft yetkazib berish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (GMMB) vakili Edem Vosornu ma`lum qildi.
“BMT tomonidan mamlakatda gumanitar yordam yetkazib berish maqsadida yonilg‘i ta’minotini yo‘lga qo‘yish uchun muzokaralar va muhokamalar olib borilmoqda”, dedi u jurnalistlar uchun o‘tkazilgan onlayn brifingda.
Uning ta’kidlashicha, yonilg‘ining o‘tkir tanqisligi gumanitar yordam yetkazib berishga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uni cheklab qo‘ymoqda, ayni paytda ehtiyojlar jadal sur’atda ortib bormoqda.
Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel chorshanba kuni AQSH tomonidan iqtisodiy blokadaning kuchaytirilishi oqibatida orolda energetika inqirozi “keskin chuqurlashgani”ni ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, blokadadan maqsad xalqni garovga olib, uni o‘z hukumatiga qarshi qayrashdir.
Avvalroq Kuba energetika va konchilik vaziri Visente de la O 13-may kuni mamlakatda dizel, mazut va xom neft zaxiralari umuman qolmaganini e’lon qildi.
- Tramp taqiqi va Rossiya yordami
2025-yil dekabr oyidan beri Kubaga faqat bitta yirik tanker neft olib kelgan. Rossiya bayrog‘i ostidagi “Anatoliy Kolodkin” kemasi aprel oyida orolga xom neft yetkazib berib, vaziyatni biroz yumshatgan edi.
- BMT blokadani qoraladi
Tashkilot bayonotiga ko‘ra, bu cheklovlar Kuba xalqining rivojlanish huquqini to‘smoqda. Shuningdek, odamlarning oziq-ovqat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, suv va sanitariya kabi asosiy huquqlari poymol etilmoqda.








