Daryo

O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga o‘sdi

2026-yilning birinchi choragida soliq tushumlari 63,6 trln so‘mni tashkil etdi. Soliq qo‘mitasi eng katta ulush qanday soliqlarga to‘g‘ri kelganini ma’lum qildi.

2 daqiqa o‘qish4 002 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi choragida soliq tushumlari 63,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga ko‘p.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, foyda solig‘i, yer sog‘i hamda QQS tushumlari keskin oshdi. Eng katta ulush foyda solig‘iga to‘g‘ri keldi — 20,4 trln so‘m. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning birinchi choragiga nisbatan 43 foizga oshgan. Keyingi o‘rinlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) — 12,5 trln so‘m (27 foiz oshgan) va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 10,7 trln so‘m (15 foiz oshgan).

Soliq turlari kesimida tushum (2025-yil mos davriga nisbatan o‘sish):

  • foyda solig‘i — 20,4 trln so‘m ( 43 foiz);
  • QQS — 12,5 trln so‘m (27 foiz);
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 10,7 trln so‘m (15 foiz);
  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq — 6 trln so‘m (17 foiz);
  • aksiz solig‘i — 4,6 trln so‘m (1 foiz);
  • soliqsiz tushumlar — 3,3 trln so‘m (1 foiz);
  • yer solig‘i — 2,8 trln so‘m ( 34 foiz);
  • mol-mulk solig‘i - 2,3 trln so‘m (11 foiz);
  • AOS — 0,6 trln so‘m (12 foiz);
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — 0,4 trln so‘m (82 foiz).
Yer solig‘i bo‘yicha tushumlar 2,8 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 34 foizga oshdi. Mol-mulk solig‘i 2,3 trln so‘m (11foiz o‘sish), aylanmadan olinadigan soliq esa 0,6 trln so‘m (12 foiz o‘sish) bo‘ldi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 0,4 trln so‘mga (82 foiz o‘sish) yetdi.
Foto: Soliq qo‘mitasi

Soliqsiz tushumlar, ya’ni dividend to‘lovlari, boj, yig‘im, jarima va boshqa to‘lovlardan esa 3,3 trln so‘m (1 foiz oshgan) kelib tushgan.

Qurilish korxonalari 2,6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan, ishlab chiqaruvchilar 42 trln so‘mga yaqin soliq to‘lagan, xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan 10,8 trln so‘m soliqlar to‘langan, Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 65,7 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Bundan avval Soliq qo‘mitasi blogerlar faoliyatini o‘rganish doirasida ushbu sohaning eng faol 110 nafar vakili ro‘yxatini shakllantirgani xabar qilingandi. 2025-yilda olti nafar top bloger 2,7 mlrd so‘m daromad qilib, 110 mln so‘m soliq to‘lagan. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar