Daryo

Ohangaronda PPX xodimi 14 yoshli qizga tegajog‘lik qilgani rad etildi

Toshkent viloyati IIBB voqea aslida qanday bo‘lganini ma’lum qilib, yolg‘on axborot tarqatganlarga nisbatan ma’muriy, og‘ir oqibatlarga olib kelgan taqdirda jinoiy javobgarlik choralari ko‘rilishini bildirdi.

1 daqiqa o‘qish16 706 ko‘rishlar0 izoh29

Toshkent viloyati IIBB Ohangaronda PPX xodimi 14 yoshli qizga tegajog‘lik qilganini rad etdi.

28-aprel kuni mazkur holat vakolatli organlar tomonidan nazorat tartibida o‘rganilayotgani haqida xabar berilgandi. Surishtiruvlar davomida tarqatilayotgan xabarda keltirilgan iddaolar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘ldi.

Rasmiy axborotda aytilishicha, 27-aprel kuni, soat tungi 00:40 da Ohangaron shahar IIB PPX xodimiga tanishi 22 yoshli ayol A.K. qo‘ng‘iroq qilib, undan maslahat olish zaruratini aytib chaqirgan. PPX xodimi yetib borgan vaqtida A.K. bilan uning 14 yoshli qiz tanishi birga chiqib, xodimning mashinasiga o‘tirgan.

Shu vaqtda 18 yoshli A.X. (videoda murojaat yo‘llagan shaxs), 4 nafar tanishlari bilan kelib, xodimni haqoratlab, janjal ko‘targan. U aslida 14 yoshli qizning hech qanday qarindoshi hisoblanmaydi.

“Holatda voyaga yetmagan qizning ishtiroki bo‘lgani sabab, to‘liq tafsilotlar hozircha ochiqlanmadi. Ish yakuniga ko‘ra yolg‘on axborot tarqatgan shaxslarga nisbatan ma’muriy, og‘ir oqibatlarga olib kelgan taqdirda jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi”, deyiladi xabarda.

Ichki ishlar bosh boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarda keltirilgan vajlar asl holatga to‘g‘ri kelmasligi sababli bunday xabarni tarqatmasliklarini so‘radi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar