Daryo

Jizzaxda 16-aprel kuni qor yogʻdi

Viloyatning Baxmal hamda Zomin tumani togʻli hududlarida qisqa muddatli qor yogʻib oʻtdi.

1 daqiqa o‘qish15 089 ko‘rishlar0 izoh10

Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan baland tog‘larda 16-aprel kuni qor yog‘di.

“O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, payshanba kuni soat 09:45 dan boshlab Zomin tumani Suffa hududida dengiz sathidan 2 400 metr balandlikda o‘rtacha qor yog‘ishni boshladi va qor qalinligi 2 santimetrni tashkil etdi.

Shu kuni soat 8:00 dan boshlab Jizzax viloyati Baxmal tumani “Muzbuloq” MFY Zartepa qishlog‘ida Baxmal meteostansiyasidan 20 kilometr uzoqlikda dengiz sathidan 1 600-2 000 metr balandlikda qisqa muddatli qor yog‘ib o‘tdi.

“O‘zgidromet” 14—17-aprel kunlari nam va salqin havo massalari kirib kelishi haqida avvalroq ogohlantirgandi. Havo harorati pasayib, qator hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, respublikaning baland tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi ma’lum qilingandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar