Daryo

“O‘zgidromet” tog‘li hududlarda qor ko‘chishidan ogohlantirdi

Dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan 5–9-fevral kunlari ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.

1 daqiqa o‘qish4 275 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zgidromet” 6 ta viloyatning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi borligidan ogohlantirdi.

Ma’lum qilinishicha, 5–9-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilinadi.

Shu jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarida (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati Pop tumanida.
Foto: “O‘zgidromet”

“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Prognozlarga ko‘ra, juma kuni O‘zbekistonga Qozog‘iston hududidan sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Buning hisobiga respublika bo‘yicha 6-fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. 

So‘nggi marta 28-yanvar kuni Chimyonda qor ko‘chkisi kuzatilgandi. Kuchli yog‘ingarchilik natijasida 300 m3 hajmdagi qor ko‘chgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar