O‘zbekiston hududiga 14—17-aprel kunlari nam va salqin havo massalari kirib keladi.
“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 14-aprelda mamlakatning shimoli-g‘arbiy hududlarida, 15-17-aprelda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning baland tog‘li hududlarida yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha, ayrim joylarda ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayadi. 14—15-aprelda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
15—17-aprelda kunduzgi havo harorati asta-sekin 13-16 darajagacha pasayadi.








