“O‘zgidromet” 6-fevralga ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, juma kuni qator hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, ba’zi joylarda 14 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja sovuq, ba’zi joylarda 7 darajagacha sovuq, Ustyurtda kechasi 15-18 daraja sovuq, kunduzi 9-12 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Avvalroq “O‘zgidromet” juma kuni O‘zbekistonga Qozog‘iston hududidan sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib kelishi boshlanishini, buning hisobiga ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi, harorat kun davomida pasayishini ma’lum qilgandi.








