Daryo

Rossiya Erondan 3 nafar Oʻzbekiston fuqarosini evakuatsiya qildi

Jami 630 dan ortiq kishi evakuatsiya qilingan, ular orasida xorijliklar ham bor. Oʻzbekistonning Yaqin Sharqdan olib chiqilgan fuqarolari soni 32 ming kishidan oshmoqda.

1 daqiqa o‘qish3 008 ko‘rishlar0 izoh2

Rossiya Erondan jami 632 kishini evakuatsiya qildi, ular orasida Oʻzbekiston fuqarolari ham bor. Bu haqda Rossiyaning Isfahondagi bosh konsuli Andrey Jiltsov “RIA Novosti”ga ma’lum qildi.

“Kundalik bombardimon va raketa hujumlari sharoitida Rossiya elchixonasi ko‘magida chet eldagi muassasalar to‘rtta evakuatsiya reyslari orqali 632 kishini jangovar harakatlar hududidan tartibli va xavfsiz evakuatsiya qilishni ta’minladi”, dedi diplomat.

Jiltsovning ta’kidlashicha, Busher atom elektr stansiyasi xodimlari bilan bir qatorda Belarus (81 kishi), Tojikiston (27 kishi), Armaniston (to‘rt kishi), O‘zbekiston (uch kishi), shuningdek, Qozog‘iston va Ukrainadan bittadan fuqaro evakuatsiya qilingan. Shuningdek, Rossiya elchixonasi, bosh konsulxonasi va boshqa tashkilotlar xodimlarining oila a’zolari ham olib kelingan.

Bosh konsul 2024-yil aprelida Eron rasmiylari tomonidan qoʻlga olingan MSC Aries konteyner kemasi va MT ADARA tankeri ekipajidan 9 nafar dengizchi ham evakuatsiya qilinganini ta’kidladi.

Eronda qancha oʻzbekistonlik bor, Yaqin Sharqdan necha kishi evakuatsiya qilindi?

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining 1-martdagi ma’lumotlariga koʻra, Eron hududida jami 81 nafar fuqaro bor. Ularning 8 nafari diplomatik vakolatxonalar xodimlari, 9 nafari Qum shahrida tahsil olayotgan talabalar, 55 nafari Eronda doimiy yashovchi fuqarolar va 9 nafari xususiy safar bilan borganlardir.

10-mart holatiga koʻra, Oʻzbekistonga Yaqin Sharqdan jami 25 047 nafar fuqaro qaytarilgan. Ular orasida Erondan qaytganlar 47 nafarni tashkil etadi. Shunindek, Saudiya Arabistoni (21 017 nafar), Birlashgan Arab Amirliklari (3 555), Qatar (394), Bahrayn (27 nafar) va Ummondan (7 nafar) kelganlar bor.

Tashqi ishlar vazirligi oxirgi evakuatsiya haqida 13-mart kuni xabar bergan, xususan, 32 934 nafar fuqaro Oʻzbekistonga qaytarilgani ta’kidlangan. Ular orasida Erondan kelgan besh nafar oʻzbekistonlik ham bor.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar