Daryo

Rossiya Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlab dollar ishlab topdi — Bloomberg

Global neft narxlarining oshishi va Hormuz boʻgʻozi yopilishi Rossiya neftiga talabni oshirdi. Ikki haftalik sulh va Ukrainaning Rossiya energetika obyektlariga zarbasi Kremlni foydadan mahrum qilishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish16 524 ko‘rishlar0 izoh6

Yaqin Sharqdagi urush tufayli Rossiya neft yetkazib berish hajmini oshirdi va haftasiga 2,02 milliard dollargacha daromad oldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 29-martdan 5-aprelgacha eksport hajmi haftasiga 2,02 milliard dollargacha oshgan. Bu 2022-yil iyunidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Rossiya bundan ko‘proq hajmda faqat Ukrainadagi urushining dastlabki davrida eksport qilgan.

Kemalarni kuzatish natijalariga koʻra, 5-aprelgacha bo‘lgan haftada Rossiya 28 ta tankerga 20,88 million barrel neft yuklagan. Bu avvalgi haftadagi 22 ta tanker orqali tashilgan 16,62 million barrelga nisbatan sezilarli o‘sishdir. O‘rtacha yetkazib berish kuniga 2,98 million barrelni tashkil etgan.

Yaqin Sharqdagi urush global neft narxlari ko‘tarilishiga olib keldi. Eron amalda Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun yopganidan so‘ng Rossiya neftiga bo‘lgan talab oshdi. Rossiyaning Urals neftining narxi ketma-ket beshinchi hafta oshib bormoqda. Uning bir barreli 116 dollarga baholangan, bu so‘nggi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ukraina Rossiya neft infratuzilmasiga zarba bermoqda. AQSH va Eron o‘rtasidagi ikki haftalik sulhning tufayli neft narxi tushib ketib, Kreml yuqori narxlardan to‘liq foyda ololmagan.

“Dronlar hujumi tufayli Boltiq dengizidagi Ust-Luga portidan xom neft yetkazib berish toʻxtab qolgan. Qo‘shni Primorsk portida faollik oshgan. 6-aprel kuni kechqurun Ust-Lugaga yana zarba berildi, aynan yuklarni ortish qayta tiklangan paytda port hujumga uchradi. Bu neft yetkazib berishning uzilishini davom ettirishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar