Daryo

“Eron va AQSH o‘rtasidagi mojaro Rossiyani mushkul ahvolga solib qo‘ymoqda” — Putin

Rossiya prezidenti ushbu mojaroni imkon qadar tezroq to‘xtatish mumkinligiga umid qilayotganini bildirgan.

1 daqiqa o‘qish6 161 ko‘rishlar0 izoh3

Eron va AQSH o‘rtasidagi mojaro juda og‘ir va Rossiyani mushkul ahvolga solib qo‘ymoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Eron va AQSH masalasiga kelsak... Bu juda og‘ir, murakkab mojaro va u bizni qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda, chunki bizning Eron bilan ham, Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan ham, hech bir mubolag‘asiz, yaxshi va do‘stona munosabatlarimiz bor”, dedi u jurnalistlarga.

Prezident Rossiyaning har ikki tomon bilan ham aloqalarni davom ettirayotganini ta’kidlagan.

“Umid qilamizki, bu mojaroni iloji boricha tezroq tugatish mumkin bo‘ladi. Menimcha, endi bu qarama-qarshilikni davom ettirishdan manfaatdor tomonlarning o‘zi qolmadi”, dedi Putin.

27-aprel kuni Putin Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan uchrashuv chog‘ida Eron xalqi sinov yo‘lidan muvaffaqiyatli o‘tib, shundan so‘ng Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishiga umid bildirdi. U Rossiya Eron va mintaqadagi barcha xalqlar manfaatlariga javob beradigan barcha ishni qilishga, toki tinchlikka tezroq erishilsin, va’da berdi.
Bundan avval Rossiya prezidenti Ukrainadagi urush yakuniga yaqinlashayotganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina delegatsiyalari 2022-yilda Istanbulda kelishuvga erishgan va uni maʻqullagan. Biroq shundan so‘ng Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya rahbariga qo‘ng‘iroq qilib, Ukraina bunday tarixiy hujjatlarni “chakkasiga to‘pponcha tiralgan holda” imzolay olmasligini aytgan.
Rossiya o‘z qo‘shinlarini Kiyevdan olib chiqib ketishi kerak boʻlgan va Moskva bunga rozilik bildirgan. Ammo o‘sha paytdagi Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Rossiya bilan kelishuv imzolash mumkin emasligini, chunki u adolatsiz ekanini aytgan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar