Daryo

Qozogʻistonda qor yogʻishi kutilmoqda

Mamlakatda havo sovib, shamol kuchayishi, boʻron kuzatilishi prognoz qilindi.

1 daqiqa o‘qish3 431 ko‘rishlar0 izoh3

Qozogʻistonda havo harorati pastlab, qor yogʻishi kutilmoqda, mamlakatda 7, 8 va 9-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi. Bu haqda “Kazgirdromet” sinoptiklariga tayanib Tengrinews xabar berdi.

Meteorologlar ta’kidlashicha, Qozog‘istonning aksariyat aholisi bahorga xos beqaror ob-havoni his qiladi.

“Yomg‘ir yog‘adi, shimolda va shimoli-g‘arbda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, g‘arb va janubda vaqti-vaqti bilan kuchli yomg‘ir, shimolda esa kuchli yog‘ingarchilik boʻlishi prognoz qilinmoqda. Respublika bo‘ylab shamol kuchayadi, Qozog‘iston g‘arbi va janubida do‘l hamda bo‘ron kuzatiladi”, dedi sinoptiklar.

Ta’kidlanishicha, mamlakat sharqida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va ertalab tuman tushadi. Qozog‘iston shimolida, shimoli-g‘arbida havo harorati kunduzi 3-15 daraja iliqqacha pasayishi prognoz qilingan. O‘zbekistonda ham 7-aprel kuni harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar