“O‘zgidromet” 7-aprel uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, seshanba kuni aksariyat joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 15-17 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda 22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Tog‘li hududlarda (2000 metrdan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.
“O‘zgidromet” 7—9-aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi borligidan ham ogohlantirdi.








