Daryo

Hindistonda YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

Hodisa Panjob shtatining Zirakpur shahrida sodir bo‘lgan. Elchixona marhumaning qarindoshlari bilan aloqada bo‘lib, jasadni vatanga qaytarish bo‘yicha zarur choralar ko‘rdi.

1 daqiqa o‘qish7 107 ko‘rishlar0 izoh1

Hindistonning Panjob shtati Zirakpur shahrida 10-mart kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, hodisa shaxsiy transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan. Panjob shtatining vakolatli huquqni muhofaza qilish organlari aybdorlarni aniqlash va javobgarlikka tortish maqsadida tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Diplomatik vakolatxona marhumaning qarindoshlari bilan muntazam aloqada bo‘lib, ularga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda. Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi yuzasidan olib borilayotgan tergov jarayoni ham nazoratga olingani bildirilgan.

Elchixona T.M. (ayol)ning yaqinlari va qarindoshlariga og‘ir judolik munosabati bilan hamdardlik bildirib, marhumaning jasadini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilganini ma’lum qildi.

Diplomatik vakolatxona xorijdagi vatandoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa ekanini yana bir bor eslatib, Hindistonda murakkab vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga konsullik, huquqiy va boshqa yordamlarni tezkor ko‘rsatishga tayyor ekanini ta’kidladi.

10-mart kuni AQSHning Nyu York shahrida ham o‘zbekistonlik ayol yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgandi. Hodisa shahar Transport departamentiga tegishli yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan.

Navoiydanman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2026-yildan buyon Mahalliy xabarlar boʻlimida muharrir sifatida faoliyat yuritib, yangiliklar va jamlanmalar yozaman. Zemekisning “Forrest Gamp” filmini 20 martadan koʻproq tomosha qilganman. Kafkaning “Qalʼa” romanini qayta-qayta oʻqiyman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar