Daryo

Turkiyada 17 yoshli oʻzbekistonlik YTH oqibatida vafot etdi

YTHni sodir etgan Turkiya fuqarosi hodisa joyidan yashiringan, biroq ertasi kuni pushaymonlik bildirib, politsiyaga taslim boʻlgan.

1 daqiqa o‘qish1 367 ko‘rishlar0 izoh1

Ijtimoiy tarmoqlarda 17 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi S.S. yoʻl-transport hodisasi oqibatida vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu fuqaro 2025-yil 5-aprel kuni Istanbul shahrida yuz bergan YTH oqibatida ogʻir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. S.S. koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay voqeadan 10 kun oʻtib hayotdan koʻz yumgan.

Marhum 17-aprel kuni Samarqand viloyatida dafn etilgan. Shuningdek, marhumning oila aʼzolari hodisa yuz berganidan keyin konsulxonaga murojaat qilishmagan.

YTHni sodir etgan Turkiya fuqarosi esa hodisa joyidan yashiringan, biroq ertasi kuni pushaymonlik bildirib, politsiyaga taslim boʻlgan. Tekshiruv davomida uning qonida giyohvandlik moddasi aniqlangan.

Hozirda ushbu shaxs qamoqqa olinmagan boʻlib, sud majlisi 2025-yil 2-oktyabr kuniga belgilangan.

Avvalroq Samarqandda 15 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi topilgani toʻgʻrisida xabar qilingandi. Avtomobil tumanda joylashgan ustaxonalardan birida boʻlgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar