Daryo

Nyu Yorkda YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa shahar Transport departamentiga tegishli yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan. Bosh konsulxona marhumaning yaqinlari bilan aloqada bo‘lib, zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.

1 daqiqa o‘qish6 952 ko‘rishlar0 izoh5

AQSHning Nyu York shahrida sodir bo‘lgan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 10-mart kuni Nyu York shahrida sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi Nilufar Komilova vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Nyu York shahri Transport departamentiga tegishli yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning shahardagi Bosh konsulxonasi marhumaning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Diplomatik vakolatxona tomonidan zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, diplomatik vakolatxona Nilufar Komilovaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, ta’ziya izhor qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil dekabrida AQSHning Rod Aylend shtatidagi Braun universitetida sodir boʻlgan otishmada o‘zbekistonlik talaba Muhammadaziz Umurzoqov halok bo‘lgandi.

O‘zbekistonning AQSHdagi vakolatxonalari vakillari marhumning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, AQSHning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha masalalar yuzasidan yaqindan ish olib borgan.

Navoiydanman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2026-yildan buyon Mahalliy xabarlar boʻlimida muharrir sifatida faoliyat yuritib, yangiliklar va jamlanmalar yozaman. Zemekisning “Forrest Gamp” filmini 20 martadan koʻproq tomosha qilganman. Kafkaning “Qalʼa” romanini qayta-qayta oʻqiyman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar