Daryo

Eron xorijdagi diasporaga mol-mulkdan mahrum qilish bilan tahdid qildi

AQSH va Isroilning Tehronga qarshi hujumlarini qo‘llab-quvvatlayotgan eronliklar ogohlantirildi.

1 daqiqa o‘qish12 317 ko‘rishlar0 izoh16

Eron Bosh prokuraturasi 9-mart kuni xorijda yashayotgan eronliklar agar AQSH va Isroilni qo‘llab-quvvatlasa, ularning mol-mulki musodara qilinishi va boshqa huquqiy jazolarga tortilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Tehronda siyosiy o‘zgarishlar bo‘lishini istagan Eron diasporasining ayrim vakillari Yevropa va Amerika shaharlari ko‘chalariga chiqib, AQSH hamda Isroilning Eronga qarshi urushi davomida oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘ldirilganini nishonladi. Ayni paytda 9-mart kuni Eron Mojtaba Xomanaiyni otasining vorisi etib tayinladi.

“Chet elda yashab, Amerika va Isroil bilan hamfikr bo‘lgan, ularni qo‘llab-quvvatlagan yoki ular bilan hamkorlik qilgan eronliklar ogohlantirildi. Ularning bor-budi musodara qilinadi va qonun doirasida boshqa jazolarga tortiladi”, deyiladi prokuratura ogohlantirishida.

Telegram’da yangi ochilgan kanallar 28-fevralda boshlangan AQSH—Isroil harbiy kampaniyasini qo‘llab-quvvatlagan hamda Eron diniy rahbariyatiga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirgan xorijdagi eronliklar haqidagi ma’lumotlarni tarqata boshladi.

Eron hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, chet elda 5 milliongacha eronlik istiqomat qiladi, ularning aksariyati AQSH va G‘arbiy Yevropada yashaydi. Eron OAV esa ularning soni 10 millionga yaqin ekanini aytmoqda.

AQSH va Isroil kuchlari 28-fevral kuni Eronga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Oqibatda mamlakat oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Bunga javoban Tehron yahudiy davlatiga va Yaqin Sharq davlatlarida joylashgan Amerika bazalariga hujumlar qilib kelmoqda. Livanlik guruh “Hizbulloh” ham Xomanaiyning o‘ldirilishi ortidan urushga tortilib, Isroilga qarshi zarbalar bermoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar